Nazorat savollari. 1.Bolaning turli yoshda faol diqqat tezligi nimaga bog’liq?
2.Faol diqqat tezligiga analizatorlarning bog’liqligi nimada?
3.Guruxda faol diqqat tezligini aniqlash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
4.Bolaning turli yoshda ixtiyoriy harakati tezligi nimaga bog’liq?
5.Ixtiyoriy harakat tezligiga analizatorlarning bog’liqligi nimada?
6.Guruxda ixtiyoriy harakat tezligini aniqlash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
Ishdan maqsad: nerv sistemasining ishchanlik qobiliyatini aniqlash, odamning diqqatini talab etadigan faoliyati vaqtidagi aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Anfimov jadvali, marker, qog`oz
Nazariy qism
Hozirgi vaqtda AIQ ni aniqlash uchun korreksiyalovchi jadvaldan (Anfimov jadvali) keng foydalaniladi. Bu jadval bilan ishlash aniqlik, tezlik va diqqatni bir joyga jamlashni talab qiladi. Tajriba davomida ishni sifat va miqdor jihatlari baholanadi. Quyidagi formulalar yordamida tajriba natijalari aniqlanadi.
Ishni olib boorish tartibi
O`quvchilarga Anfimov jadvali tarqatiladi. Jadvaldagi 1 ta harfni 4 daqiqa davomida belgilashlari kerak. Bu tajriba jadvaldagi barcha harflar bilan takrorlanadi. Ish davomida tezlik, diqqat va aniqlik talab qilinadi. Belgilangan harflar alohida sanaladi va quyidagi jadval to`ldiriladi.
Ishning tezligi to`g`risida 4 daqiqa ichida ko`rib chiqilgan belgilarning umumiy miqdoriga qarab, aniqlik esa 4 daqiqa ichida qilingan qatolarning umumiy miqdoriga qarab mulohaza qilinadi
Anfimov jadvali bilan ishlang va olingan natijalar asosida jadvalni to`ldiring.
Ish vaqti
Berilgan harflar
4 daqiqa davomida topilgan harflar soni
Jadvalda mavjud harflar soni
Jami va topilgan harf sonlarining farqi
А
160
В
176
Э
146
И
202
К
153
Н
144
С
175
Х
209
Ishni rasmiylashtirishga dоir tavsiyalar. Odamdagi proprioreseptiv reflekslarni kuzatish tajribasini o`tkazing va natijalarni yozing Tekshirish natijalarini daftaringizga yozing. Jadvalni to`ldiring. Yuqoridagi topshiriqlar asosida xulosalaringizni yozing
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini jadvalga yozing.