2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: O’zaro qo’shni va vertical burchaklar Ta’rif. Bittadan tomonlari umumiy bo’lib, ikkinchi tomonlari bir-birini to’ldiruvchisi bo’lgan burchaklar o’zaro qo’shni burchaklar deyiladi. 1-teorema. Qo’shni burchaklarning yig’indisi yoyiq burchakka teng. Isboti. AOB va BOC berilgan qo’shni burchaklar bo’lsin (93-rasm). OB nur yoyiq burchakning AO va OC tomonlari orasidan o’tadi. Shuning uchun AOB va BOC ning yig’indisi 180o ga, ya’ni yoyiq burchakka teng bo’ladi. Teorema isbotlandi.
Ta’rif. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarning ichida o’zaro qo’shni bo’lmaganlari vertikal burchaklar deyiladi. 2-teorema. O’zaro vertikal burchaklar bir-biriga teng. Isboti. 1 va 3 berilgan vertikal burchaklar bo’lsin (95-rasm). 2 burchak, 1 va 3 burchaklar bilan qo’shni burchakdir. 1 va 3 burchaklarning har biri 2 burchakni 180o gacha to’ldiradi. Bundan 1 va 3 burchaklar teng. Teorema isbotlandi.
95-rasmda 1 burchak 3 burchakka, 2 burchak 4 burchakka vertikaldir.
Masala (197). Ikki qo’shni burchakning kattaliklari nisbati 4:5 kabi bo’lsa, ularning har biri kattaligini toping.
Yechilishi. Ma’lumki, 4 + 5 = 180o. Bundan:
9 = 180o yoki = 20o;
4 = 4 20o = 80o;
5 = 5 20o = 100o.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 188. O’zaro qo’shni burchaklarni chizing. Ularni o’lchang va yig’indisini toping.
189. O’zaro qo’shni burchaklarning biri ikkinchisidan 3 marta katta bo’lsa, ularning kattaliklarini toping.
190. 43o54'28" li burchakka qo’shni bo’lgan burchakning kattaligi nimaga teng?
191. Qo’shni burchaklarning biri ikkinchisidan 120o katta bo’lsa, ularning har biri necha gradusdan?
192. 30o li burchak chizing. Unga qo’shni bo’lgan burchakni yasang. Uning kattaligi necha gradus?
193. 60o li burchak yasang. Unga vertikal burchakni chizib, bu burchak kattaligi ham 60o ekanligini asoslang.
194. Qo’shnisi 51o32'24" bo’lgan a burchakka vertikal bo’lgan burchak necha gradus?
195. Umumiy tomonga ega bo’lgan 24o li hamda 60o li ikki burchakni chizing. Bir tomonini umumiy bo’lgani uchun ularni qo’shni burchaklar deya olamizmi?