13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
185
2. Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan xikmat, ayniqca,
axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurninr vujudga kelishi xamda
uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy
merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy
ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni
tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir
mutafakkir muloxazalari va
faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi.
Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot
muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga
kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil
avval dunyodagi birinchi
yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer)
alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik
tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madx ztiladi.
CHunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy
me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib to‘rgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat
adolat va shafqta xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin,
ayni paytda, ma’budlar tomonidan.
o‘rnatilran. “Me” deb atalran qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz
va uyg‘un bo‘lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda –
“yolg‘on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek
somiriylarning
maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko‘pchiliri
umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va SHarqda bir oz
boshqacharoq shaklda xozir
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, to‘rli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh”
eposi dostonlarida
ko‘tarilgan.
Dostları ilə paylaş: