15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
224
tashvishga solmay qo‘ymaydi»
52
. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik
singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan
asarlarning haqiqiy
madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat,
moddiy
manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda.
Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va
axloqsizligiga,
insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr
talabidir.
Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy
madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va
mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik
jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh
etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: