MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
333
talabaning yuqori o‘quv mazmunini qo‘llab-quvvatlash;
talabaning faolligi va mustaqilligini rag‘batlantirish, ta’lim
olish va mustaqil
ta’lim olishni kengaytirish;
refleksiv bilim va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholash faoliyatini rivojlantirish;
mustaqil o‘qish malakasini, shaxsiy o‘quv
faoliyati maqsadini belgilash,
rejalashtirish va tashkil etish qobiliyatini shakllantirish;
talabaning individual ta’limiga ko‘mak berish;
bilimlarni ijobiy
umumlashtirish uchun qo‘shimcha
sharoitlar va imkoniyatlar yaratish.
Portfolioni yuritilishi talabaning bilim olish faolligini, o‘zining maqsad va imkoniyatlarini
bilish darajasini oshiradi. Talabada o‘z bilim va imkoniyatlarini, iqtidorini baholash va u asosida
maqsadni to‘g‘ri
va aniq belgilash, kelajakni o‘ziga ishonib rejalashtirish,
olgan bilimlarini
hayotda amalda qo‘llashga ishonish hissi paydo bo‘ladi.
Talaba portfoliosini yaratishdan maqsad
portfolio talabaning ma’lum fan bo‘yicha
barcha ishlarini to‘liq yoritishi kerak. U o‘z ichiga fan bo‘yicha barcha turdagi topshiriqlar,
loyihalar, ma’ruzalar,
yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo‘yicha
muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o‘zlashtirishi va tushunishini,
muammoli
topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo‘yicha
intilishlari va o‘zlashtirishini, o‘zlashtirish usullarini ko‘rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq,
fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi
asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
-talabaning mustaqil fikrlashi;
-«portfolio» yaratishning vaqt oralig‘ini belgilash ( semestr, o‘quv yili yoki butun o‘quv
jarayoni bo‘yicha);
-fan bo‘yicha erishilgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi va asoslanganligi;
-taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo‘yicha talabaning o‘z
bahosi;
-muammollarni hal etish jarayoni, yo‘llari.
Dostları ilə paylaş: