17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
263
kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a’zoi badani ustidan hukumronlik qila
oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol
topishida muhim ahamiyatga ega.
Estrada san’ati.
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, sirk,
askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, drama va
komediyaning kichik shakllari,
intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b.
janrlar
muvaffaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi
vositasida
ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik,
ijtimoiy-siyosiy
mavzular estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarli tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsada,
teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada
aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb
ataydi.
Dostları ilə paylaş: