” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi



Yüklə 382,15 Kb.
səhifə20/71
tarix26.03.2023
ölçüsü382,15 Kb.
#124373
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi

MASHG`ULOT MAZMUNI:

Talabalarning bilimini mustatahkamlash va bilimini boyitishda darslik va dastur tahlilini o`tkazishning bosqichlari haqida ma`lumotlar beriladi.


1-4-sinf ona tili va o`qish dasturi tahlilI o`tkaziladi. Unda tizimlilik va uzluksizlik tamoyiliga diqqat qarqtiladi. Bu haqda o`qituvchi talabalarga ma`lumot beradi.
Dasturda o`quvchi bilimiga qo`yilgan talablar tahlil qilinadi.
Davlat ta’lim standartlari - O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” normativ hujjatlari asosida yaratilgan.
Standart- ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o’quvchini haddan tashqari zo’riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o’quvchi yoshiga mos, uni o’zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo’lishi kerak.
O’quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi.
O’quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.


NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Ona tili o`qitish metodikasining qanday prinsiplari bor?


2. Ona tili o`qitish mеtodikasining tamoyillarini ishlab chiqishda qanday ko`rsatmalariga asoslaniladi?
3. Nazariy tеkshirish usullari qanday?
4.1-sinf ona tili va o’qish dasturini tahlil qiling
5. 2-sinf ona tili va o’qish dasturini tahlil qiling
6. 3-sinf ona tili va o’qish dasturini tahlil qiling
7. 4-sinf ona tili va o’qish dasturini tahlil qiling



Yüklə 382,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin