FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., DPU. 2008.
2. Ta'lim taraqqiyoti. (Umumiy o`rta ta'lim davlat ta'lim standarti. Boshlang`ich ta'lim. Ona tili dasturi.) T., Sharq 1999 yil.
3. Boshlang`ich ta'lim bo`yicha yangi tahrirdagi davlat ta'lim standarti. T., “Boshlang`ich ta'lim”, 2010 yil. 5- soni.
4. O`zbеk maktablarida ona tili ta'limi konsеpsiyasi.` Xalq ta'limi jurnali, 1994 yil 1-2-son.
2-AMALIY MASHG`ULOT.
MAVZU: Savod o’rgatish tayyorlov va asosiy davri o’qish va yozuv darsi ishlanmasini tuzish.
MAQSAD: Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o`rgatishda tayyorlov davri,asosiy davrlari va bu bosqichlardagi o`qish va yozuv darslarinng mavzulari hamda ish turlari bilan tanishtirish.
Dars mеtodlari: Suhbat, amaliy ishlash
Jihozlanishi: Kesma harflar, harf elementlari bilan ishlash, suratli ko`rgazmalar, tarqatmalar.
MASHG`ULOT RЕJASI:
1. Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligini o`rganish.
2. Savod o`rgatish jarayoni.
3. Savod o`rgatishda tayyorlov va asosiy davrlari, bu bosqichdagi o`qish va yozuv darslarining
mavzulari hamda ish turlari.
MASHG`ULOT MAZMUNI:
Talabalarni amaliy mashg`ulotga hozirlash: Savod o`rgatish bosqichlarini tahlil qilish, savod o`rgatish tayyorlov davri haqida talabalarga ma`lumotlar berish, shu mavzuga doir suhbat o`tkazish va bilimlarni boyitish. Nazariy bilimlarni amaliy qo`llash kompetensiyasini shakllantirish.
Bu mavzu yuzasidan dars ishlanmasi yozish ko`nikmasini shakllantirish va talabalarni shu boradagi bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligi qanday o`rganiladi?
2. Savod o`rgatish jarayonini izohlang.
3. Savod o`rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o`qish va yozuv darslari qanday o`tkaziladi?
Dostları ilə paylaş: |