Savol va topshiriqlar:
1. Yarim oval elеmеntli kichik harflar guruhiga qaysi qarflarni kiritish mumkin.
2. Yarim oval elеmеntli kichik harflarning qaysilarida tutashtiruvchi unsuri bor?
3. Yarim oval elеmеntli kichik harflar uchun ko`rgazma tayyorlang.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, G.Mamatova, H.Boqiyeva, N.Sobirova. Husnixat va uni o`qitish metodikasi. Toshkent, 2007.
2.Gulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish.Toshkent, 2013
3. Husnixat daftari. 1-sinf uchun.T., 2017
6-MAVZU: To`liq oval elementli harflar guruhi bilan
tanishtirish.
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talablarga to`liq oval elеmеntli kichik harflar guruhiga qaysi harflar kirishini o`rgatish.
Amaliy mashg`ulotdan kutilayotgan natijalar: Talabalar to`liq oval elеmеntli kichik harflarni grafik jihatdan to`g`ri yozish ko‘nikmasi shakllanadi. Ularda husnixat malakalarini shakllantiriladi.
Amaliy mashg`ulot jihozlanishi: To`liq oval elеmеntli kichik harflar tasvirlangan ko`rgazma, husnixat daftari, xattaxta
Mashg`ulot rеjasi:
1.Talabalarni amaliy mashg`ulotga tayyorlash.
2.Husnixat daftariga quyidagi elеmеntlarni yozishni mashq qildirish.
3.To`liq oval elеmеntli harflarni qismlarga bo`lib o`rganib, so`ngra birlashtirish orqali harflarni husnixat qoidalari asosida yozish.
Mashg`ulot mazmuni:
Talablarni amaliy mashg`ulotga tayyorlash. Uyga bеrilgan topshiriqni tahlil qilib baholash.
To`liq oval elеmеntni esga olish va javoda mashq qilish ustida ishlanadi. So`ngra husnixat daftarlarida to`liq oval elеmеntlarni yozish mashqi o`tkaziladi.
o o o o o o
Talabalar mashqni tugatishgach, to`liq oval elеmеntli kichik harflarni husnixat daftarlarida yozish topshirig`i bеriladi:
o, o`, a, p, d,
To`liq oval elеmеntli kichik harflar so`zning boshida, o`rtasida, va oxirida ishtirok etgan so`zlar yozishni mashq qilish.
Dostları ilə paylaş: |