” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi



Yüklə 382,15 Kb.
səhifə58/71
tarix26.03.2023
ölçüsü382,15 Kb.
#124373
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi

Tuzuvchilar:


M.Tilavova - “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi
B.Sapayeva - “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi


Taqrizchilar:
S.Ollaberganova - «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
M.Jumaniyozova - «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
«Boshlang‘ich ta’lim metodikasi»
kafedrasi mudiri:
«____»________ 2021- yil dots.S.Ollaberganova

Pedagogika fakulteti dekani:


«____»________ 2021- yil f.-m.f.n. J.Yarmetov



Fan/modul kodi
OTO‘M20015

O’quv yili Semestr
2020-2021 3-7

ECTS - Kreditlar
15

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/rus/kaz

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya
mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
( soat)

Jami
yuklama
(soat)

Ona tili
o’qitish metodikasi

88

362

450




  1. Fanning mazmuni

Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarni boshlang’ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbik etish bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbik etish ko’nikmasini hosil kilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talablarning nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, maktab
darsliklarining mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlangich ta’limda o’qitishning zamonaviy ilg’or metod hamda usullarini o’rgatish vazifalarini bajaradi.


VII Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:

  • boshlang’ich sinf ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari;

  • husnixatga o’rgatishning axamiyati va vazifasi;

  • boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar va fanning muhim bo’lgan muammolari;

  • ona tili o’qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati haqida bilimga;

  • ona tili o’qitish metodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini, ta’lim jarayonida qo’llanadigan metodlarni, dars turlari va tarkibini;

  • savod o’rgatish va husnixatga o’rgatish metodikasini;

  • o’qish metodikasi va sinfdan tashqari o’qish metodikasini;

  • fonetika, so’z tarkibi va so’z yasalishini o’rgatish metodikasini;

  • so’z turkumlari, sintaksis hamda punktuatsiya elementlarini o’rgatish metodikasini;

  • boshlang’ich sinflarda ona tili, o’qish darslarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay va foydali shakllari, usullari va vositalarini bilish ko’nikma;

  • ona tili darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal kilish;

  • dars jarayoniga ilg’or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish, kompьyuter va o’qitish texnika vositalaridan, turli ko’rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish;

  • o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish;

  • xatolarni kelib chikish sabablarini aniklash xamda xatolarning oldini olish va bartaraf kilish ustida ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak.




Yüklə 382,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin