8-AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: Tekshiruv diktantini o’tkazish. Husnixat darslarining ishlanmasini tuzish. Husnixat darslarining tuzilishini o’rganish yuzasidan amaliy mashg’ulot. Ijodiy yozma ish o’tkazish. 1-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Dastur talablarining tahlilini qilish.
MAQSAD: Talabalarni 1-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirishga, rejalashtirishga qo`yilgan talablarni amalgam oshirishga, dastur talablarining tahlilini qilishni o`rgatish.
Dars mеtodi: gеnеtik mеtod, analitik mеtod.
Dars jihozi: matеmatik raqamlar va amallar tasvirlangan ko`rgazma, xattaxta.
So`z va gaplar yozilgan ko`rgazma, xattaxta, husnixat daftari,bo`r.
MASHG`ULOT RЕJASI:
1. 1-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish.
2. Rejalashtirishga qo`yilgan talablarni o`rganish.
3. Dastur talablarining tahlilini qilish.
O`quv Dasturida:
Husnixatga o`rgatishning vazifasi harf, so`z, gap va matnni to`g`ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o`rganish jarayonida o`quvchi tovushning belgisi bo`lgan harfni, so`z va gapni kitobdan va doskadan to`g`ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko`chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo`l qo`ygan kamchilik hamda xatolarni o`qituvchi rahbarligida yoki o`zi tuzata olishi kerak.
1-sinfda o`quv yilining yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixat mashqlariga ajratish tavsiya etiladi.
1-sinfda husnixat yuzasidan o`quvchilarda quyidagi malakalarni shakllantirish nazarda tutiladi:
- yozuv jarayonida partada to`g`ri o`tirish;
- daftarni 65 gradus qiyalikda qo`yish;
- ruchkani to`g`ri ushlash;
- so`zlar orasidagi masofaning bir xil tenglikda saqlanishi.
2-sinfda qo`l muskullari harakatini va ko`z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o`tkazib boriladi. O`quvchilar harflardan tashqari so`zlarni, gaplarni, ko`chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar.
3-4-sinflarda grafik mashqlar hisobiga yozilishi murakkab bo`lgan harflar va ularni boshqa harflarga bog`lab yozish mashqlaridan keng foydalaniladi, matn ko`chirib, eshitib va mustaqil yozishni o`rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |