§ masala yechishni birgalikda oʻrganamiz


Javob: Laziz va Sohib shaxmat oʻynaydi, Ali va Vali shaxmat oʻynamaydi. 13-masala



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/51
tarix29.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#136740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Javob: Laziz va Sohib shaxmat oʻynaydi, Ali va Vali shaxmat oʻynamaydi.
13-masala. 82 oʻquvchi xorda qoʻshiq aytib, raqs tushadi. 32 oʻquvchi raqs tushib, badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi, 78 oʻquvchi xorda qoʻshiq aytib badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi.
Agar oʻquvchilarning har biri alohida faoliyat bilan shugʻullansa, nechta oʻquvchi xorda qoʻshiq aytadi, raqs tushadi, badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi.? Yechish: 1-usul.
1) 82+ 32 + 78 = 192 (oʻquvchi) - xorda qoʻshiq aytib, raqs tushib, badiiy gimnastika bilan shugʻullanadiganlarning ikkilangan soni; 2) 192 : 2 = 96 (oʻquvchi) - xorda qoʻshiq aytadi, raqs tushadi, badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi;

  1. 96 – 32 = 64 (oʻquvchi) – xorda qoʻshiq aytadi;

  2. 96 – 78 = 18 (oʻquvchi) – raqs tushadi;

  3. 96 – 82 = 14 (oʻquvchi) badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. 2-usul.

  1. 82 – 32 = 50 (oʻquvchi) –badiiy gimnastikada shugʻullanuvchilarga nisbatan shuncha oʻquvchi koʻproq xorda kuylaydi;

  2. 50 + 78 = 128 (oʻquvchi) - xorda kuylaydiganlarning ikkilangani;

  3. 128 : 2 = 64 (oʻquvchi) - xorda qoʻshiq aytadi;

  4. 78 – 64 = 14 (oʻquvchi) — gimnastika bilan shugʻullanadi;

  5. 82 – 64 = 18 (oʻquvchi) - raqs tushadi;

Javob: 64 oʻquvchi xorda qoʻshiq aytadi, 14 oʻquvchi gimnastika bilan shugʻullanadi, 18 oʻquvchi raqs tushadi.
«ESLATMA! «Matnli masalani qanday yechish kerak»»

  1. Masalani oʻqing va tasavvur qiling. Uning mazmunini tushuning.

  2. Masala shartini va savolini aniqlang.

  3. Qisqa masala shartini yozing yoki chizmasini chizing.

  4. Oʻylab koʻring, masalaning hamma savoliga javob topib boʻladimi? Yoʻq boʻlsa nima uchun? Nimani dastlab aniqlab, keyin qaysini aniqlash kerak!

  5. Masala yechish rejasini tuzing!

  6. Masalani yeching!

  7. Yechimni tekshiring va javobini yozing.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin