§ masala yechishni birgalikda oʻrganamiz


Javob:2(8!)2 22-masala



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə41/51
tarix29.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#136740
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Javob:2(8!)2
22-masala. Bir xil quyuqlikdagi va o’sish tezligidagi o’t bilan qoplangan uchta o’tloq quyidagi maydonlarga ega: 3 ga, 10 ga va 24 ga. Birinchisi 12 ta buqani 9 hafta davomida boqdi. Ikkinchi o’tloq 21 buqani 9 hafta davomida boqdi. Uchinchi o’tloq 18 hafta davomida nechta buqani boqa oladi?
Javob: Uchinchi o’tloq 18 hafta ichida 36 ta buqani boqa oladi.
23-masala. Onada 3 ta olma, 4 ta nok va 2 ta apelsin bor. 9 kun mobaynida u har kuni bolasiga bittadan meva beradi. Buni necha xil usul bilan amalga oshirib bo’ladi? Javob: 1260.
24-masala. Beshta musbat son shundayki, ulardan istalgan uchtasining ko’paytmasi qolgan ikkitasining yig’indisiga teng. Shu sonlarni toping.
J avob: 2
24-masala. Qirrasining uzunligi 3 sm bo’lgan kub qizil rangga bo’yalgan. U 1 sm li kubchalarga bo’lindi. Nechta kub uchta qizil yoqqa ega? Ikkita qizil yoqqa ega? Bitta qizil yoqqa ega? Bitta ham qizil yoqqa ega emas?
Javob: 8 ta kubcha uchta qizil rangli yoqlarga, 12 tasi ikkita qizil rangli yoqlarga, 6 tasi bittadan qizil rangli yoqlarga ega. 1 ta kubcha bitta ham qizil rangli yoqqa ega emas.
24-masala. Bir sutka ichida soat va minut millari necha marta ustma-ust tushadi?
Javob: 22 marta
25-masala. Uchta bir xil raqam yordamida mumkin bo’lgan eng katta sonni yozing. Javob: 999
26-masala. Yog’ochdan yasalib, ko’k rangga bo’yalgan kubning qirrasi uzunligi 10 sm ga teng. Kubning qirralari teng 10 bo’lakka bo’lindi va mos bo’linish nuqtalari kesmalar bilan birlashtirildi. Kub shu kesmalar bo’yicha arralandi va mayda kubchalarga ajratildi.

  1. nechta kubchaning uch yog’i bo’yalgan?

  2. nechta kubchaning ikki yog’i bo’yalgan?

  3. nechta kubchaning bir yog’i bo’yalgan?

  4. nechta kubcha bo’yalmagan?

Javob: 1) 8 ta 2) 96 ta 3) 384 ta 4) 512 ta.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin