2011- Abituriyent. Matnli masala. 1. 1080 soni uchta qo’shiluvchiga shunday ajratilganki, ulardan dastlabki ikkitasi 7 va 3 sonlariga to’g’ri proporsional, oxirgi ikkitasi esa 12 va 5 sonlariga to’g’ri proporsional. ikkinchi sonni toping.
A) 360 B)120 C) 672 D) 288
2. Yog’ochni 4 bo’lakka arralash uchun 12minut kerak. Shu yog’ochni 5 bo’lakka bo’lish uchun necha minut berkar bo’ladi?
A) 20 B) 16 C) 15 D) 18
3. To’rtta sonning yig’indisi 270 ga teng. Ulardan dastlabki uchtasi 5,
6, 11 sonlariga to’g’ri proporsional, birinchi va to’rtinchi sonlar esa 8 va 5 sonlariga teskari proporsional. ikkinchi sonni toping?
A) 54 B) 60 C) 48 D) 66
4. Ishchining maoshi dastlab 40 % ga, so’ngra 30 % oshirilgan bo’lsa, uning maoshi necha foizga oshgan?
A) 70 B) 96 C) 55 D) 82
5. Sinfda o’qiydigan o’g’il bolalar sonining barcha o’quvchilar soniga nisbati ga teng bo’lsa, qiz bolalar sonining o’g’il bolalar soniga nisbati nechaga teng bo’ladi?
A) B) C) D)
6. 1750 kg un alanganda, 105 kg kepak chiqdi. Necha foiz un qoldi?
A) 92 B) 90 C) 88 D) 94
7. Molning narxi avval 50, so’ngra 25 foizga oshirilgan bo’lsa, dastlabki narxini hosil qilish uchun uning narxi necha foizga kamaytirilishi kerak?
A) 46 B) 45 C) 46 D) 45
8. Sayohatchilar guruhidagi erkaklarning ayollar soniga nisbati 5 :2 kabi. Quyidagi keltirilganlardan qaysi biri guruhdagi sayohatchilar soniga teng bo’la olmaydi?
A) 21 B) 35 C) 28 D) 65
9. bir nechta natural sonning yig’indisi 1216 ga teng. Agar shu sonlarning har biriga 3 ni qo’shib, yig’indi hisoblansa 1336 ga teng bo’ladi. Shu sonlarning har biridan 3 ni ayirib yig’indi hisoblansa nechaga teng bo’ladi.
A) 850 B) 1336 C) 1096 D) 1176
10. 280 betlik kitobni Ahmad uch kunda o’qib tugatdi. U birinchi kuni ikkinchi kunga qaraganda 1,6 marta kam, ikkinchi kuni esa uchinchi kunga qaraganda 28 bet kam kitob o’qidi. Uchinchi kuni Ahmad necha bet kitob o’qigan?
A) 96 B) 80 C) 124 D) 60
11. ikkita buyumning bahosi 43500 so’m turadi. Agar birinchi buyumning bahosi 10 % kamaytirilsa, ikinchisiniki esa 15 % orttirilsa, ular birgalikda 45100 so’m turadi. Ikkinchi buyumning dastlabki bahosini toping.
A) 21830 B) 19600 C) 17320 D) 23800 12. Xaritada ikki shahar orasidagi masofa 3,5 sm gat eng. Xaritadagi masshtab 1:2000000 bo’lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofa necha km bo’ladi?
A) 140 B) 7 C) 700 D) 70
13. Raqamlarning o’rinlari almashtirilganda, qiymati 75 % ga ortadigan ikki xonali natural sonlar nechta?
A) 3 B)4 C) 2 D) 1
14. Birinchi va uchinchi ishchi birgalikda ikkinchi ishchiga qaraganda 2 marta ko’p, ikkinchi va uchinchi ishchi birgalikda birinchi ishchiga qaraganda 3 marta ko’p detal tayyorlashdi. Qaysi ishchi ko’p detal tayyorlagan?
A) uchinchi B) birinchi C) aniqlab bo’lmaydi D) ikkinchi
15. Matematikadan o’tkazilgan imtihonda o’quvchilarning 12 % I birorta ham masalani yecha olmadi, 210 ta o’quvchi masalalarni yechishda xatolikka yo’l qo’ydi. Agar barcha masalalarni to’liq yechgan o’quvchilarning masalarni umuman yecha olmagan o’quvchilarga nisbati 7 :3 kabi bo’lsa, qancha o’quvchi imtihon topshirgan?
A) 470 B) 260 C) 480 D) 350
16. 100 kishidan iborat turistlar guruhida 70 kishi ingliz tilini, 45 kishi nemis tilini va 29 kishi ikkala tilni biladi. Ikkala tilni bilmaydigan turistlar necha foizni tashkil qiladi?
A) 12 B)14 C) 6 D) 10
17. Proporsiyaning dastlabki uchta hadi yig’indisi 78 ga teng. Uning ikkinchi hadi birinchi hadining qismini, uchinchi hadi esa qismini tashkil etadi. Proporsiyaning uchinchi hadini toping?
A) 12 B) 18 C) 24 D) 36
18. Sut sotuvchi sutning litrini 800 so’mdan sotib oladi. 4 l sutga 1 l suv qo’shib, uning litrini 1000 so’mdan sotadi. Sotuvchi bu ishda necha foiz foyda qiladi?
A) 20 % B) 48,75 % C) 56,25 % D) 44%