” mavzusida bajargan



Yüklə 102,72 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2023
ölçüsü102,72 Kb.
#135376
  1   2   3   4
Mavzu 22





O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Transport Universiteti

Iqtisodiyot yo’nalishi masofaviy II – bosqich BHTM-1 guruh talabasi Suyunov Xumoyunning Falsafa fanidan “Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi” mavzusida bajargan

MUSTAQIL ISHI



FAN O’QITUVCHISI: Umarova Ro‘zigul Sheraliyevna

Mavzu: Rivojlanish nazariyasi(Dialektika), Bilish falsafasi (Gnoseologiya)




RЕJA:
1. Borliqni ta’riflash muammolari.Borliq shakllarining tasnifi
2. Makon,vaqt,xarakat,materiya tushunchalari
3. Qonun tushunchasi va uning turlari.Falsafiy qonunlar
4. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
5. Bilish nazariyasining predmeti va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
6 Bilimning asosiy shakllari.
7. Bilishning hissiy, mantiqiy va intuitiv darajalari.
8.  Falsafada haqiqat muammosi.

Falsafaning mazkur bо‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan о‘rganuvchi konsepsiyalarni о‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida о‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bо‘limda unga asosiy e’tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi.


Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? Mazkur bо‘limning maqsadi ayni shu savollarga javob berishdan iborat.
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) sо‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar sо‘zlashuvi) sо‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni о‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va о‘zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bо‘lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bо‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt о‘tishi bilan hamma narsa о‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yо‘qotadi va asta-sekin о‘zining qarama-qarshiligiga о‘tadi: hо‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik о‘likka о‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan. (Bu borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab yetishga asoslanmagan sodda dialektikasidir.
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, о‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishi, rivojlanishi, ular о‘rtasidagi aloqadorlik va o’zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar orasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo’lgan. Chunki ular tug‘risida aniq bilimga ega bo’lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to`g‘risida, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarrachalardan tortib to Yer, quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham doimo harakatda, о‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular о‘rtasida abadiy o’zaro bog`liqlik, o’zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o’z-o’zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakatham, о‘zgarish ham yuz bermaydi.
Biz narsa va hodisalarning harakati, о‘zgarishi va rivojlanishiga ular о‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bо‘ladi, deymiz. Albatta, olamdagi harqanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bо‘lavermaydi. Chunki ularning ko`lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarni ana shu xususiyatlariga ko`ra, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo`lmagan va shu kabi bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea-hodisalardan alohida, ular bilan bog`liq, o’zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo`lmagan birorta voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o’zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda о‘zgarish sodir bо‘ladi. Lekin barcha о‘zgarishni xar doim ham birdaniga yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo’lishi turli darajada bo’lganligi sababli о‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, bir yil mobaynidagi о‘zgarishini, ya’ni ulg`ayishini yoki tabiatdagi qish faslidan bahor fasliga o’tishdagi о‘zgarishlarni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Yerqa’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida g’aflatda qolmoqdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug`lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro’y bergan о‘zgarishlarni ko’z ko’radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bо‘ladi, ulardagi o’zaro bog`liqlikni ham oson ko’rish, ilg’ash mumkin. Ana shunday oson ko’rish va ilg’ash mumkin bo’lgan, ochiq-oydin ro’y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg’ash qiyin va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va о‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qо‘llaniladi.
«Harakat» tushunchasiga quyidagicha qisqa ta’rif berish mumkin: harakat deb olamdagi harqanday о‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to’g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo’lishi mumkin. Bunda doimiy bir tomonga, masalan vaqtning о‘tmishdan kelajakka tomon о‘tishi, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bо‘lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bosqichida oldingi bosib o’tilgan davr takrorlangandek bо‘ladi, ammo bu ilgarigisidan farq qiladigan, boshqacharoq takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni tongda o’sha quyosh chiqadi, o’sha tog’-u toshlarni, bog’-u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o’sha-o’shadek. Ammo dunyo bu bir kunning ichida о‘zgarmadimi? Unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro’y berib, yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona zamin o`z o’qi va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bularning barchasi bir kun-u tunda ro’y bergan botiniy va zohiriy о‘zgarishlarning namoyon bo’lishidir.

Yüklə 102,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin