” mavzusida bajargan



Yüklə 108,58 Kb.
səhifə13/16
tarix26.11.2023
ölçüsü108,58 Kb.
#135267
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu 2

So‘fizm falsafasi. Bilish muammosi so‘fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. Mo‘tadil so‘fizm ta'limotiga ko‘ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish – haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o‘zini o‘zi takomillashtirish va o‘zini o‘zi bilish yo‘li bilan erishiladi. O‘z mohiyatini bilish jarayonida inson o‘zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir to‘g‘ri usuli o‘zini o‘zi bilish, ya'ni o‘zlikni anglash ekanini tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun odam o‘zini butunlay o‘z o‘zligini anglashga baxshida etishi lozim. U so‘fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yo‘l tutgan kishilarga qo‘yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo‘tadil so‘fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‘azzoliy va boshqalar kiradi. Ular so‘fiy shariat chizig‘idan chetga chiqmasligi, uning barcha so‘zlari va ishlari Qur'oni karim aqidalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga muvofiq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi so‘fiylar so‘fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar. Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bo‘g‘inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga yetadi, balki o‘zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. So‘fiylikning bu tariqat vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal ko‘rib, shariat aqidalari va me'yorlarini tan olmaganlar.
So‘fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda mavjud har bir narsa bilan tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, mohiyatini ko‘rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin hodisalarning har birida ilohiy haqiqat belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida muayyan qadam tashlaydi.
So‘fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari va vositalari sifatida vahiy va ilhom amal qiladi. Bu yerda sezgilar va aql bilish vositalari sifatida ishlamaydi. Borliqning birligi tarafdorlari sanalgan so‘fiylarda panteistik an'analar ustunlik qiluvchi ta'limotlarda Allohni bilish nazariyasi bilan bir qatorda dunyoni bilish nazariyasi ham mavjud bo‘lib, unda bilish ob'ekti sifatida moddiy dunyoning o‘zi, bilish vositalari va usullari sifatida esa – sezgilar, aql, kuzatish, taqqoslash, so‘zning tor ma'nosidagi tajriba amal qiladi. Garchi ular bilishning turli shakllarini tan olsalar-da, mohiyatlar mohiyati (Alloh)ni bilish darajasi to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda bilish shakllarining ahamiyatini cheklaydilar. Allohni bilishga faqat Uning karami va nuri yordamida muvaffaq bo‘linadi.
Mutlaq haqiqatning tagiga yetish yo‘lidan boruvchi odam (orif) o‘z oldiga haqiqatni bilish vazifasini qo‘ygan faol individga aylanadi va uzoq izlanishlar, turli mistik bosqichlar, maqomlardan o‘tish va o‘zlikni anglash natijasida o‘zida mutlaq haqiqat (Alloh)ni topadi va yetuk insonga aylanadi.
So‘fizm ta'limotiga ko‘ra, haqiqatning tagiga yetish uchun odam o‘z ichki dunyosi, qalbini har xil dunyoviy qusurlardan forig‘ etishi lozim. Bunga erishish uchun u bir qancha ma'naviy bosqichlar yoki so‘fiylar ta'biri bilan aytganda maqomlardan o‘tishi darkor.
Bilish va ma'naviy sayohat yo‘lida odamga uning tafakkuri yo‘l ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan bosqichlarning har biridan o‘tish natijasida odam axloqiy va ma'naviy jihatdan takomillashadi va haqiqatni bilishga yaqinlashadi.
Abu Homid G‘azzoliy so‘fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi va u bunga muvaffaq bo‘ldi. G‘azzoliy fikriga ko‘ra, «har qanday ma'naviy poklanishlardan qat'i nazar, inson hyech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u so‘fizm va panteizm o‘rtasida o‘ziga xos «xitoy devori»ni o‘rnatdi.

Yüklə 108,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin