” mavzusida bajargan



Yüklə 108,58 Kb.
səhifə1/16
tarix26.11.2023
ölçüsü108,58 Kb.
#135267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mavzu 2





O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Transport Universiteti

Iqtisodiyot yo’nalishi masofaviy II – bosqich BHTM-1 guruh talabasi Suyunov Xumoyunning Falsafa fanidan “Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi” mavzusida bajargan

MUSTAQIL ISHI



FAN O’QITUVCHISI: Umarova Ro‘zigul Sheraliyevna

Mavzu: Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi.




Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi.
RЕJA:
1.Hindiston, Xitoy, Qadimgi Yunoniston falsafasi.
2.Kadimgi va O‘rta asr Sharq falsafasi
3.O‘rta asr va Yangi davr Yevropa falsafasi
4. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi
Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko‘rsatgan.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo‘lasan qolasan ”1 deb uqtiradi.
To‘rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi, masalan:
- Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”;
- Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”;
- Zardo‘sht: “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”;
- Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‘lsa, o‘n ming kishiga teng”;
- Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: “O‘lim qo‘rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”;
- Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‘langan sahovatlilik”;
- Aristotel: “Do‘stlik birga yashashning zaruriy shartidir” deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‘rmaydigan inson yo‘q va bo‘lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‘ng qo‘lida va ham chap qo‘lida adolat tarozisini qo‘tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‘ngliga yo‘l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo‘lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‘lishi lozim2. Arastu o‘zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma'lum vaqtlarda baxtli bo‘lib, qolgan vaqtlarda baxtsiz bo‘lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi.

Yüklə 108,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin