# Pedagogika fanining ob’yekti – bu…
- Yaxlit pedagogik jarayon
- Ta’lim jarayoni
- Tarbiya jarayoni
- O’quvchi va o’qituvchi hamkorligidagi jarayon
# Pedagogika fanining vazifalarini belgilang.
- Analitik, prognostik, tashkiliy, metodologik
- Analitik, tashkiliy, metodologik
- Analitik, prognostik, insonparvarlik, metodologik
- Prognostik, tashkiliy, metodologik
# Pedagogika fanining tashkiliy vazifalarini aniqlang.
-Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish; pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy metodik ta’minotini yaratish
- Pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish
- Ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab oqibat aloqadorligini o’rganish; pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash
- Ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
# Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
- Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish
- Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, kreativlik, malaka, kompetensiya, ma’lumot, rivojlantirish
- Tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish
- Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, shakllantirish, rivojlantirish
# “... – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- Tarbiya
- Ta’lim
- Bilim
- Ko’nikma
# “...– shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- Bilim
- Ko’nikma
- Ma’lumot
- Ta’lim
Dostları ilə paylaş: |