# Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping -J: Avesto
# Pedagoka tarixini o’rganish manbalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping -J: Arxeologik yodgorliklar; -qo’lyozmalar; -xalq og’zaki ijodi; -adabiy yodgorliklar; -hujjatlar; badiiy adabiyot; -memuarlar; Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari
# Ibtidoiy jamoa tuzumida kishilar mehnat faoliyatini tashkil etishda yosh jihatlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilga? - J:Bolalar va o’smirlar;-ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;-keksalar.
# “Vatanni saqlab qolmoq, faqat hoqonga emas, xalqqa ham bog’liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq o’z hoqonining yo’l-yo’riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko’p kulfatlar tushadi”. Jumlalari qaysi manbaadan olingan? -J: Urxun-yenisey yodgorliklari. Bilga hoqon bitiktoshidan
# Pedagogika tarixi fani nimani o’rgatadi? -J: Turli tarixiy davrlardagi tarbiya,maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini
# Zardushtiylik axloqining asosi bu. - J:Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal
# Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu: - J: Individual
# VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda qanday ta’lim muassasalari mavjud edi? - J: Maktab, qorixona, daloilxona, madrasa
# Al-jome’as-sahih” asarining muallifi kim? - J:Imom al-Buxoriy
# Nechanchi asrlar hadis ilmining rivojlanishida “oltin davr” hisoblangan? - J: VIII-IX asr
# “Ustoz, - deydi u, - shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchaklik ham qilmasligi lozim” Ushbu fikr kimga tegishli ekanligini toping - J: Abu Nasr Forobiy
# Qizlar maktabida ta’lim-tarbiya olib borgan muallimlarni qanday atashgan? +J: Otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa