# Pedagogik jarayon bu?
-J: Ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishdir
# “Didaktika” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
- J:Yunoncha didaktikos “o’rgatuvchi”, didasko “o’rganuvchi”, ya’ni ta’lim nazariyasi
# Tarbiya nazariyasi qanday masalalarini o’rganadi.
- J: Pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi
# Pedagogika fanining ob’yekti – bu…
- J:Yaxlit pedagogik jarayon
# Pedagogika fanining vazifalarini belgilang.
- J: Analitik, prognostik, tashkiliy, metodologik
# Pedagogika fanining tashkiliy vazifalarini aniqlang.
-J: Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish; pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy metodik ta’minotini yaratish
# Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
- J: Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish
# “... – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- J: Tarbiya
# “...– shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Bilim
Dostları ilə paylaş: |