j r r j
j j r r j
j j r r j j j r r j
biz-ga katta-kon kul - cha. Non pi-shir - sin o - yi - miz
& FERMATA
Fermata1 nota va pauzalarning uzunlik miqdorini 1,5-2 baro-
bargacha cho‘zish uchun qo‘llaniladigan maxsus belgi. U yoki shaklda bo‘lib no‘ta va pauzalarni ust yoki ostiga qo‘yiladi.
Fermataning uzunligi asarning badiiy mohiyati va umumiy xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Fermatalar o‘zbek milliy katta ashu- lalarda ham ko‘p ishlatiladi.
?! Savol va topshiriqlar
Xor deganda nimani tushunasiz va qanday xor turlarini bilasiz?
Xor san’ati rivojiga hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan qanday jamoa- lar va kompozitorlarni bilasiz?
Darvin Omonullayevning G‘. Komilov she’riga yozilgan “Childirma chalay” qo‘shig‘ini tinglang.
Fermata deganda nimani tushunasiz?
3 -dars. XOR IJROSI UCHUN XALQ QO‘SHIQLARINI MOSLASHTIRISH
Professional kompozitorlar xor uchun maxsus asarlar yara- tish bilan birga xalq qo‘shiqlarini ham ko‘p ovozli qilib xor ijrosiga moslashtirishgan. XX asrning 50-yillaridayoq Mutal Burhonov- ning jo‘rsiz xorlari namuna darajasida e’tibor qozongan. Bu o‘rinda uning “Yorlarim”, “Endi sendek”, “Bibigul”, “Sari ko‘hi baland” kabi asarlarini sanab o‘tish lozim.
Keyinchalik M. Burhonovga yelkadosh bo‘lib ko‘plab kompozi- torlar xalq qo‘shiqlarini xor ijrosiga moslashtirdi. Bularga Sobir Boboyevning “Chaman ichra”, Ikrom Akbarovning “Qoyilman”, Botir Umidjonovning “Qilpillama”, Shermat Yormatovning “Boychechak”, “Chittigul”, “Qari chumchuq chaqimchi”, Mustafo Bafoyevning “Mavrigi” kabi asarlarini misol keltirish mumkin.
1 ital. fermata – to‘xtash, to‘xtab turish.
Sinf fonotekasidan Botir Umidjonovning jo‘rsiz xorga moslashtirgan “O‘zgancha” asarini tinglang.
BOYCHECHAK
O‘zbek xalq qo‘shig‘i
(Jo‘rsiz xor uchun)
Shermat Yormatov bolalar xori
3. Boychechakni tutdilar, Simyog‘ochga osdilar, Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar.
Naqarot:
Qattiq yerdan qatalab
chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
& BERILGAN TOPSHIRIQLARNI O‘LCHOVINI ANIQLANG
?! Savol va topshiriqlar
Xalq qo‘shiqlarini xor uchun moslashtirgan qaysi kompozitorlarni
bilasiz? Asarlarini sanab o‘ting.
Berilgan topshiriqlardagi o‘lchovni ayting.
“Boychechak” qo‘shig‘ini kim xor uchun moslashtirgan?
5.
2.
Musiqiy tovush.
Birinchi chiziq ustida joylashgan nota.
Yog‘och damli cholg‘u.
Torli-kamonli cholg‘u.
Nota cho‘zimini uzaytiruvchi belgi.
4-dars. XALQ CHOLG‘ULARI ORKESTRI VA XOR UCHUN O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI
Dostları ilə paylaş: |