Savol va topshiriqlar
Balet nima?
Qanday o‘zbek baletlarini bilasiz?
“To‘maris” baletining muallifi kim?
Pyotr Chaykovskiy yaratgan va yana boshqa mashhur baletlar- ning nomlarini bilasizmi?
“Oqqush ko‘li”ni tinglaganingizda sizga yoqqan ohangni xirgoyi qilib bering.
dars. O‘ZBEK RAQS SAN’ATI
Har bir xalqning qadimdan shakllanib kelayotgan o‘z raqs san’ati va shu raqslarni ifodalovchi kuylari bo‘ladi. O‘zbek xalq raqslari ham keng ommalashgan bo‘lib, nafis harakatlar va ularga yarashgan milliy kiyimlar bilan badiiy obrazlar yaratiladi.
“Dilxiroj”, “Qari navo”, “Zang”, “Duchava” kabi raqs kuylari yangraganda ko‘z oldimizga aniq raqs harakatlari keladi. XX asr- ning ikkinchi yarmidan boshlab Muhammadjon Mirzayev, Bax- tiyor Aliyev, va boshqa kompozitorlarning yangi kuy-ohanglari asosida o‘zbek raqs san’ati rivoj topdi. Bunga Mukarrama Turg‘unboyeva, Qunduz Mirkarimova, Yulduz Ismatova kabilarn- ing sahnalashtirgan raqslari misol bo‘la oladi.
Sinf fonotekasidan M.Mirzayevning “Bahor valsi” asarini va boshqa raqs kuylarini tinglang.
BARKAMOL AVLOD
M.Mirzo she’ri I.Yo‘ldosheva musiqasi
bo‘l qa - not, bar - ka-mol av - lod, av - lod!
or - zu -lar - ga bo‘l qa-not, bar - ka-mol av -
Naqarot:
Qanday go‘zal bu xayot, Ko‘ngillar shod yurt obod. Orzularga bo‘l qanot, Barkamol avlod.
To‘lib oqsin daryolar, Tinmasin sho‘x navolar, Ko‘rib jamolimizni, Qoyil qolsin dunyolar.
Dilni dilga bog‘laymiz, Yurt qadrini saqlaymiz, Bobomizning ishonchin, Biz albatta oqlaymiz.
O-o-o!
&
Dostları ilə paylaş: |