SULAYMON YUDAKOVNING “MAYSARANING ISHI” OPERASI, UNING YARATILISH TARIXI,
O‘RNI VA AHAMIYATI
Askiya san’atining o‘chog‘i bo‘lmish Qo‘qon shahrida tug‘ilib o‘sgan Sulaymon Yudakov (1916–1990-yillarda yashab, ijod qilgan) tabiatan quvnoq, hazilkash inson bo‘lgan. Sinchkov ijodkor sifatida o‘zbeklarga hajviy opera va hajviy mavzudagi balet ma’qul bo‘lishini ko‘p yillar kuzatib yurgan, kuza- tishlari samara bergan. Opera janrida “May- saraning ishi”ni yaratib, balet janrida “Nas- riddinning sarguzashtlari”ni yozib qoldirib, ulkan ish qilgan. Bu baletning premyerasi,
ya’ni birinchi ijrosi kompozitor vafotidan so‘ng, ko‘p yillar o‘tib, 1997-yilda namoyish etildi. Ijodkorga o‘z asarini sahnada ko‘rish nasib etmadi.
“Maysaraning ishi” operasida qadimgi zamonlarda qozi, boy va kambag‘allar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bir voqea aks ettirilgan. Opera janrining talablariga to‘la javob beradigan bunday asarni hozirgi kunda ham xalqimiz sevib tomosha qiladi. O‘zbek
musiqa san’ati rivojida bu asarning o‘rni va ahamiyati katta. “Maysaraning ishi” operasini tinglab ko‘rsangiz, xuddi xalq
ijodiyoti namunalaridek qulog‘ingizga yoqadi.
Sinf fonotekasidan M.Ashrafiyning “Dilorom” ope- rasi, S.Yudakovning “Maysaraning ishi” operasidan parchalar tinglang.
QUVNOQ YOMG‘IR
Anvar Obidjon she’ri Avaz Mansurov musiqasi
Òomingizni chirmandadek Chertar gohi “tak-tak” qilib. Sho‘x tomchilar o‘yin tushgay, Ko‘lmaklarda “chak-chak” qilib.
N a q a r o t:
Chak-chuk, chaka-chuk, kuylaydi yomg‘ir, Òak-tuk, taka-tuk, o‘ynaydi yomg‘ir.
Yomg‘ir yog‘aloq, echki dumaloq, Yo‘rgakni ho‘l qildi chaqaloq.
Uni oddiy yomg‘ir demang, Xonanda-yu sozandadir.
San’atkorni sevar hamma, Shu bois ham arzandadir.
N a q a r o t
&
“Maysaraning ishi” operasidagi voqealar rivojini tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: |