?!
Savol va topshiriqlar Simfonik orkestr va uning tarkibiga kiruvchi cholg‘u guruhlari haqida gapirib bering.
Simfonik orkestr uchun yoziladigan asar janrlarini bilasizmi?
Qaysi kompozitorlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namu- nalarini yaratishgan?
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi qaysi cholg‘ulardan tashkil top- gan?
“Oltin kuz” qo‘shig‘ini ifodali kuylab bering.
Musiqada uchraydigan dinamik belgilarni so‘zlab, tushuntirib bering.
7-8-dars.SIMFONIK ORKESTRNING YOG‘OCH VA MIS DAMLI CHOLG‘ULAR GURUHI
Dunyoda puflab chalinadigan cholg‘ularning turi ko‘p. Simfonik orkestrga kiritilgan bunday cholg‘ular ikki turga – y o g ‘ o c h va m i s damli cholg‘ularga ajratiladi.
Yog‘och damli cholg‘ular guruhiga fleytalar, goboylar, klarnet- lar va fagotlar kiradi. Bu guruh ijrosi uchun musiqa partituraning eng yuqoridagi nota yo‘llariga yoziladi.
Mis damli cholg‘ular guruhiga valtornalar (ko‘pincha 4 ta), trubalar (2 ta), trombonlar (3 ta) va tuba (1 ta) kiradi.
Dunyoda eng sof, tiniq, Nurlar ichra eng yoniq. Ko‘rar ravshan va aniq, Bolalarning ko‘zlari.
Naqarot: Issiqdir yulduzlari,
Naqsh olmaday yuzlari. Yolg‘on aytmas so‘zlarni Bolalarning ko‘zlari.
Tinchlik bo‘lsin mustahkam, G‘am ko‘rmasin biron dam. Yashnab kulsin chinakam Bolalarning ko‘zlari.
Vatanim deb charaqlar, Xalq baxtidan yaraqlar. Doim do‘stni so‘roqlar Bolalarning ko‘zlari.
Naqarot: Issiqdir yulduzlari,
Naqsh olmaday yuzlari.
Yolg‘on aytmas so‘zlarni Bolalarning ko‘zlari.