p (piano) – kuchsiz, ohista;
pp (pianissimo) – juda kuchsiz; mp (metso piano) – kuchsizroq; f (forte) – kuchli, qattiq;
ff (fortissimo) – juda kuchli;
mf (metse forte) – kuchliroq.
(crishchendo) – kuchaytirib borish, qisqa italyancha yozilishi – “cresc”;
(diminuendo) – kuchsizlantirib borish, qisqa italyan- cha yozilishi – “dim”.
?!
Savol va topshiriqlar
Simfonik orkestr va uning tarkibiga kiruvchi cholg‘u guruhlari haqida gapirib bering.
Simfonik orkestr uchun yoziladigan asar janrlarini bilasizmi?
Qaysi kompozitorlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namu- nalarini yaratishgan?
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi qaysi cholg‘ulardan tashkil top- gan?
“Oltin kuz” qo‘shig‘ini ifodali kuylab bering.
Musiqada uchraydigan dinamik belgilarni so‘zlab, tushuntirib bering.
7-8-dars. SIMFONIK ORKESTRNING YOG‘OCH VA MIS DAMLI CHOLG‘ULAR GURUHI
Dunyoda puflab chalinadigan cholg‘ularning turi ko‘p. Simfonik orkestrga kiritilgan bunday cholg‘ular ikki turga – y o g ‘ o c h va m i s damli cholg‘ularga ajratiladi.
Yog‘och damli cholg‘ular guruhiga fleytalar, goboylar, klarnet- lar va fagotlar kiradi. Bu guruh ijrosi uchun musiqa partituraning eng yuqoridagi nota yo‘llariga yoziladi.
Mis damli cholg‘ular guruhiga valtornalar (ko‘pincha 4 ta), trubalar (2 ta), trombonlar (3 ta) va tuba (1 ta) kiradi.
Sinf fonotekasidan Mirsodiq Tojiyevning 3-simfo- niyasidan parcha tinglang.
Fleyta Goboy
Klarnet
Fagot
Valtorna
Truba
Tuba
Trombon
BOLALARNING KO‘ZLARI
Qambar Ota she’ri Muhammad Otajonov musiqasi
shan va a - niq, Bo- la - lar - ning -
ko‘z - la - ri.
Dunyoda eng sof, tiniq, Nurlar ichra eng yoniq. Ko‘rar ravshan va aniq, Bolalarning ko‘zlari.
Naqarot: Issiqdir yulduzlari,
Naqsh olmaday yuzlari. Yolg‘on aytmas so‘zlarni Bolalarning ko‘zlari.
Tinchlik bo‘lsin mustahkam, G‘am ko‘rmasin biron dam. Yashnab kulsin chinakam Bolalarning ko‘zlari.
Naqarot:
Issiqdir yulduzlari, Naqsh olmaday yuzlari. Yolg‘on aytmas so‘zlarni Bolalarning ko‘zlari.
Vatanim deb charaqlar, Xalq baxtidan yaraqlar. Doim do‘stni so‘roqlar Bolalarning ko‘zlari.
Naqarot: Issiqdir yulduzlari,
Naqsh olmaday yuzlari.
Yolg‘on aytmas so‘zlarni Bolalarning ko‘zlari.
&
Dostları ilə paylaş: |