MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-CHORAK
“ Orkestr” so‘ziga ta’rif bering.
Turli cholg‘u ijrochilari guruhlaridan tuzilgan jamoa;
bir xil cholg‘u ijrochilari guruhlaridan tuzilgan jamoa;
dirijyorlar guruhlaridan tuzilgan jamoa.
Orkestrning kichik ansambllardan farqi nimada?
Ularda sozandalar soni kam bo‘lib, bir necha guruhdan tashkil topadi;
ularda sozandalar soni ko‘p bo‘lib, bir necha guruhdan tashkil topadi;
ularda sozandalar soni ko‘p bo‘lib, bir guruhdan tashkil topadi.
Qanday cholg‘ular guruhi eng katta guruh hisoblanadi?
Mizrobli cholg‘ular guruhi eng katta guruh hisoblanadi;
torli-kamonli cholg‘ular guruhi eng katta guruh hisoblanadi;
zarbli cholg‘ular guruhi eng katta guruh hisoblanadi.
Oktavalar nechtadan musiqiy tovushlar pog‘onasini o‘z ichiga olgan?
7 ta;
8 ta;
4 ta.
Yog‘och damli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
Fleytalar, goboylar, klarnetlar va fagotlar kiradi;
barabanlar, goboylar, klarnetlar va fagotlar kiradi;
valtornalar, goboylar, klarnetlar va fagotlar kiradi.
Mis damli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
Valtornalar, trubalar, trombonlar, tubalar kiradi;
goboylar, trubalar, trombonlar, tubalar kiradi;
klarnetlar, trubalar, trombonlar, tubalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |