Taqlid usuli. Bunda logoped oynaga qarab kerakli bo‘lgan tovush artikulatsiyasini aniq qilib ko‘rsatadi, tovushni talaffuz etadi. Logopad esa uning harakatlariga taqlid qilish yo‘li bilan tovush talaffuzini o‘rganib boradi.
0‘xshash tovushni talaffuz ettirib turib, mexanik usul- dan ham foydalanish. Logoped bola to‘g‘ri talaffuz qila oladigan o‘xshash tovushni nutq apparati organlarining holatini tegishli as- bob (shpatel, logopedik zondlar) yordamida o‘zgartiradi. Agar bolaga masalan, «к» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishini o‘rgatmoqchi bo‘lsak, biz unga ta - ta - ta kabi bo‘g‘inlarni takrorlash vazi- fasini beramiz. Bunda til uchi pastki tishlarga tegib turishi kerak. Bola shu bo‘g‘inlarni talaffuz etayotgan vaqtda logoped shpatel yoki zond yordamida til uchini asta bosib, tilni og‘iz ichkarirog‘iga itaradi. Bunda asta-sekin ta - tya - kya - ka - ka kabi tovushlar chiqadi. Shuningdek «d» tovushining talaffuzidan foydalanib «g» tovushini, «s» tovushidan foydalanib «х» tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish mumkin.
Aralash usul.Bu usul taqlid mexanik usulni va tushunti- rish ishlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, «s» tovush talaffuzi o‘rgatilayotganda logoped til, tish, lablar qanday holatda bo‘lishi kerakligini bolaga tushuntiradi. Bola bunga tushunsa ham, lekin ixtiyoriy harakat malakasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli tilni kerakli holatga keltira olmaydi, «tili kelishmaydi». Bunda biz shpatel bilan yordam beramiz.
Tovushlar avtomatizatsiyasini o‘tkazishda dastlabki bosqich- larda sodda yopiq bo‘g‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq bo‘g‘in bo‘lishi mumkin. Lekin bolaning yoshiga, talaffuzidagi kamchiligining xarakteriga qarab, mashq muddati har xil bo‘lishi mumkin.
Logopedik mashg‘ulotlar bir haftada kamida uch marta o'tkazilishi kerak. Logopedik mashg‘ulotlar uchun material tan- lashda oddiydan murakkabga o‘tish prinsipiga asoslanish zarur. Bunda logoped fonetik talablami doimo hisobga olib borishi kerak. Eng oldin talaffuzi fonetik jihatdan oson tovush o‘rganiladi. Differensiatsiya bosqichida, eng avval, artikulatsiya jihatidan bir- biridan uzoq tovushlar, so‘ngra yaqin, o‘xshash tovushlar ustida ish olib boriladi.
Tovushlar avtomatizatsiyasi o‘tkazishda dastlabki bosqichlar- da sodda yopiq bo‘g‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq bo‘g‘inlar beriladi. Ularning talaffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng sodda so‘zlar, gaplar talaffuziga o‘tiladi va hokazo. Masalan, lo - la, ol - ma, gi - los, ix - los va hokazo. Agar bolada polimorf talaffuz defekti bo‘lsa, bunday bolalar bilan bir nechta tovush ta- laffuzini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish ustida ish olib borish mumkin. Eng avval o‘zining artikulatsiyasi bilan bir-biridan uzoq turadigan keskin farq qiladigan tovushlar ustida ish olib boriladi. Masalan, «г», «s», «у» tovushlar bir-biridan talaffuz jihatdan keskin farq qiladi. Shuning uchun bu uch tovushni bir vaqtda o‘rgatish mumkin.
Lekin bola «s», «sh», «1», «г» tovushlarini noto‘g‘ri talaffuz qiladigan bo‘lsa, «s» va «sh» yoki «1» va «г» tovushlari talaffuzi- ni bir vaqtda tuzatish mumkin emas, chunki o‘xshash tovushlarni bola bir-biri bilan almashtirib yuboradi.