SH va J tovushlarini talaffuzini yo'lga qo'yish. SH tovushini S tovushini talaffuzidan o‘rgatish mumkin. Buning uchun bola
S tovushini cho‘zib talaffuz etayotganida, logoped uning tilini shpatel yordamida alveolalarning yoniga ko‘taradi. Natijada sh tovushi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari esa as bo‘g‘inidan ham sh tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bunda ham logoped bola as deb turganida uning tilini zond yordamida ko‘taradi. J tovushi SH tovushidan unga ovoz berib, talaffuz ettirish yo‘li bilan hosil qilinadi, ayni vaqtda havo oqimi kuchsizroq bo‘ladi.
CH TOVUSHI CH tovushi qorishiq fonemadir. U t va sh tovushlaridan hosil bo‘ladi. Normada bu tovushning hosil bo‘lishida lablar cho‘chchayib turadi. Tilning harakatida ikkita payt kuzatiladi. Til uchi yuqori tish va milk o'rtasiga taqaladi.
So‘ngra portlash hosil bo‘lgandan so‘ng orqaroqdagi alveolalarga tayanib suriladi. Tilning orqa qismi shu zahoti ko‘tarilib, qattiq tanglayga yaqinlashadi. Yumshoq tanglay ko‘tariladi. Ovoz boylamlari ochiq, havo oqimi kuchli bo‘ladi.
CH tovushining talaffuzini o‘rgatish maqsadida bolaga at bo‘g‘ini ketma-ket ayttiriladi. Shu zahoti til uchi shpatel bilan yuqori tishlar orqasiga ko‘tariladi, lablar cho‘chchaytiriladi. Bu holda at o‘rniga ach, ot-och, ut-uch tovushlari hosil bo‘ladi va eshitiladi.
CH tovushini talaffuz etish uchun bola t va sh tovushlarini yaxshi talaffuz eta bilishi kerak. Agar logopad, t, sh, ch tovushlarini talaffuz eta olmasa logopedik ishni sh tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yishdan boshlash kerak. So‘ngra t, keyin esa ch tovushiga o‘tish.
Sigmatizm va parasigmatizm turlarini bartaraf etish usul- larini, ayniqsa ko‘p noto‘g‘ri talaffuz etiladigan, s, z, sh va boshqa tovushlar misolida yoritib berishga harakat qildik. Xuddi shu usullarni sirg‘aluvchi boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ham qo‘Ilash mumkin.
ROTATSIZM VA PARAROTATSIZM Nutqda R tovushini talaffuz etolmaslik yoki noto‘g‘ri talaffuz etish rotatsizm deyiladi. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizmdir.
Normada r tovushining hosil bo‘lishida artikulatsion apparat faol ishtirok etadi. Bu tovush talaffuzida lablarning qanday shaklga kelishi r dan keyingi unli tovushga bog‘liq. Agarda r dan keyin i tovushi keladigan bo‘lsa, lablar «kulib» turadi.
Tishlar o‘rtasida ma’lum oraliq bo‘lishi lozim. Til qoshiqcha shaklini oladi. Til yonlari yuqori jag‘ tishlariga tegib turadi. Oldingi qism esa alveolalarga tegib turadi va kuchli havo oqimi ta’sirida tebranadi. Yumshoq tanglay ko‘tariladi-da, ovoz boylamlari jipslashib ovoz hosil qiladi.
Logopedik amaliyotda rotatsizmning quyidagi turlari uchrab turadi:
R tovushini umuman talaffuz etolmaslik - taroq-taoq, parta-pata, o‘rtoq-o‘toq.
R tovushini bo‘g‘izdan chiqarib tomoqni qirib talaffuz etish - randa-g‘anda, ro‘mol-g‘o‘mol.
Yon rotatsizmi. Bu tipdagi rotatsizmda til uchi o‘rniga til yonlari tebranadi. Shuning uchun, masalan, taroq-tariyoq, parta- parilta, shaklida talaffuz etiladi, ya’ni r o‘rniga «rl» kabi tovush eshitiladi.
«Aravakash» rotatsizm. Bunda r tovushi mahkam jipslash- gan lablarning tebranish natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, prrr.