Deflyatsiya (deflation) - tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishi.
Diskont siyosati (discaunt rate) — mamlakat to‘lov balansi va valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida Markaziy bankning diskont stavkasini o'zgartirish siyosati.
Yevropa valyuta birligi (Европейская валютная единица, European currency unit, ECU, European unit of account) - Yevropa valyuta tizimida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasida qo'llaniladigan xalqaro hisob birligi.
Yevropa valyuta tizimi (European Monetary System) - Yevropa iqtisodiy hamjamiyatigaga a’zo bo'lgan mamlakatlaming valyuta kurslarini tebranishi natijasida ko'riladigan zararlar miqdorini kamaytirish maqsadida tuzilgan tizim.
Yevrovalyuta (eurocwrensu) - bir mamlakat milliy valyutasining mamlakat tashqarisidagi qismi.
Yevro dollarlar (eurodollars) — AQSH dollarining AQSHdan tashqarida muomalada bo'lgan qismi.
Inflyatsiya (inflation) —tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi natijasida muomalada ortiqcha pul massasini paydo bo'lishi va shuning asosida pulning qadrsizlanishi.
Kredit (credit) - pul yoki tovar shaklidagi mablag'lami qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to'lashlilik shartlari asosida berish.
Kross-kurs(cross rate) - ikki valyutaning o'zaro nisbati bo'lib, bu nisbat mazkur valyutalaming uchinchi valyutaga nisbatan kursi orqali aniqlanadi.
Milliy valyuta tizimi (national monetary system) — bir mamlakatda valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Osiyo optsionlari(average rate options) - yoki o'rtacha kurs optsionlari.
Revalvatsiya (re-valeo) - milliy valyutani chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining oshirishdir.
Spot operatsiyasi (spot) - spot bitimi tuzilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida amalga oshiriladigan joriy valyuta operatsiyasi.
Svop (swap) - ma’lum bir valyutani spot sharti bo'yicha sotish va uni forvard sharti bo'yicha sotib olishdir yoki ma’lum bir valyutani forvard sharti bo'yicha sotish va uni spot sharti bo'yicha sotib olishdir.