Loyiha doirasida imtiyozli kredit berilishining umumiy shartlari: Loyihalar uchun imtiyozli kreditlar:
10 yilgacha beriladi (shundan 3 yilgacha imtiyozli davr);
kredit mablag'lari AQSH dollarida beriladi.
foiz ustamasi - 5,5% (xizmat ko'rsatuvchi bank bilan kelishgan holda);
bir mijoz uchun maksimal kredit miqdori 2 mln. AQSH dollargacha (meva-sabzavotni yetishtirish va qayta ishlash o'z ichiga olgan loyihalar uchun 4 mln. AQSH dollarigacha);
mijozning loyihadagi ulushi eng kamida 20 foiz ekvivalentida pul yoki xizmat, ish, ya’ni natura ko'rinishida bo'lishi mumkin;
mijozning loyihadagi ulushi eng kamida 20 foiz ekvivalentida pul yoki xizmat, ish, ya’ni natura ko'rinishida bo'lishi mumkin;
Imtiyozli kredit olish tartibi: Qishloq xo'jaligi korxonasi, fermer xo'jaligi yoki tadbirkor tijorat banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to'plamini taqdim etadi.
Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar to'plamini o'rganib chiqib, ulami bankning Kredit qo'mitasi
tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Bosh ofisiga yuboradi.
Bosh bank Kredit qo‘mitasining ijobiy xulosasidan so‘ng, loyihani moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligiga tegishli hujjatlar to‘plamini kiritadi.
Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to‘plamini Jahon banki talablariga muvofiqligini o'rganib, kredit miqdori 1,0 mln. AQSH dollaridan ortiq bo‘lsa Jahon bankiga kelishish uchun kiritadi.
Kredit hujjatlari to'plami bo‘yicha Jahon bankining ijobiy qarori olingandan so‘ng Agentlik loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani tijorat bankiga o'tkazib beradi.