0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy moder- nizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi


Toflov balansida operatsiyalami aks ettirish tartibi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/42
tarix19.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Halqaro valyuta

Toflov balansida operatsiyalami aks ettirish tartibi47

Operatsiya

Kredit-plyus (+)

Debet-minus (-)

A. Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar eksporti (norezidentlarga xizmat ko'rsatish)

Tovarlar va xizmatlar importi (norezidentlarga xizmat ko'rsatish)

В. Investitsiyalar bo'yicha daromadlar va mehnatga haq to'lash

Rezidentlar tomonidan norezidentlardan olingan

Rezidentlar tomonidan norezidentlarga to'langan

V. Transfertlar (joriy va kapital)

Mablag'lami olish

MablagTami uzatish

G. Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar bo'yicha operatsiyalar

Norezidentlar oldidagi majburiyatlaming ko‘payishi (masalan, norezidentlar tomonidan naqd milliy valyutani sotib olinishi) yoki norezidentlarga nisbatan talablami kamayishi (masalan, norezident banklardagi hisobraqamlaming qoldig‘ini kamayishi)

Norezidentlarga nisbatan talablaming ko'payishi (masalan, norezidentlarga kredit berish) yoki norezidentlar oldidagi majburiyatlami kamayishi (masalan, rezidentlar tomonidan norezidentlardan sotib olingan qimmatli qog'ozlami qoplanishi)

Моисеев C.P. Международные валютно-кредитные отношения. - M.r Дело и Сервис, 2007. - С. 340-341.

    1. jadvaldan ko‘rinadiki, har bir operatsiya turi bir vaqtning o‘zida debetli va kreditli o‘tkazmalar shaklida aks ettirilmoqda.

Shuningdek, to‘lov balansini tuzishda rezidentlar va norezidentlar bo‘yicha talablar va majburiyatlar alohida hisobga olinmoqda.
0‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga muvofiq, 0‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:

  • 0‘zbekiston Respublikasining fuqarolari;

  • 0‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

  • 0‘zbekiston Respublikasining hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar;

  • 0‘zbekiston Respublikasining immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari.

To‘lov balansini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar manbaidan foydalaniladi:

  1. Bojxona statistikasi.

  2. Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan iqtisodiyotning pul sektorini statistikasi.

  3. Tashqi qarz statistikasi.

  4. Xorijiy valyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalari statistikasi.

    1. To‘lov balansining tarkibi

To‘lov balansi to‘rt boTimdan tashkil topadi:

  1. Joriy operatsiyalar balansi.

  2. Transfertlar balansi.

  3. Kapitallar va kreditlaming harakati balansi.

  4. Oltin-valyuta zaxiralarining harakati balansi.

Joriy operatsiyalar balansining o‘zi ikki qismdan tashkil topadi:

  1. Savdo balansi.

  2. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansi.

Savdo balansida eksport bo‘yicha tushumlar va import bo‘yicha todovlaming haqiqatdagi summasi aks etadi.
Savdo balansining passiv bo‘lishi, ya’ni import bo‘yicha to‘Iovlaming eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bodishi mamlakatning jahon savdosidagi mavqeining zaiflashganligidan yoki zaifligidan dalolat beradi. Bunga yorqin misol qilib AQSHni keltirish mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH tovarlami eksport qiluvchi gegemon davlatga aylandi. Ayniqsa, Yevropaga texnika va texnologiyalami yirik miqdorda eksport qilinishi AQSH savdo balansining katta miqdordagi ijobiy saldosini ta’minladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki davrlarda Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ulaming eksport salohiyati past bo‘lib, sanoat mahsulotlari importiga bo‘lgan talabi juda yuqori edi. Ulaming to‘lov balansini joriy operatsiyalar bodimining defitsiti miqdori juda katta bodib, 1947 yilning oxiriga kelib 9 mlrd. AQSH dollariga yetdi. AQSH esa, bu davrda sanoat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha bosh davlatga aylangan edi.

3.1-rasm. Dunyoning 4 eng yirik eksportyor mamlakatida eksportning yillik hajmi, mlrd. AQSH dollari48 (2018-yilning 1-
yanvar holatiga)

    1. rasm ma’lumotlaridan ko'rinadiki, AQSH dunyoda eksport hajmi bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu esa, AQSHning hamon yirik eksportyor mamlakat ekanligini ko‘rsatadi.

48 hw •
ШХЦАкудуду,trade.cov. sayti ma'lumotlari.
Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakat- larining oltin zaxirasi ham deyarli tugab bo‘ldi. Chunki, urush paytida yetkazib berilgan tovarlar oltinda to‘lanar edi. Buning ustiga, 1945- 1947-yillarda Yevropada kuchli dollar taqchilligi yuzaga keldi. Buning sababi shundaki, birinchidan, bu davrda Yevropada AQSHga eksport qilish mumkin bo‘lgan raqobatbardosh tovarlar mavjud emas edi; ikkinchidan, AQSH savdo balansi yirik miqdorda ijobiy saldoga ega edi.
Ikkinchi jahon urushidan to hozirga qadar, ya’ni 2018-yilga qadar AQSH dunyoning eng yirik eksportyor davlatlaridan biri bo‘lib qoldi (3.1-rasm).
Ammo XX asming 70-yillaridan boshlab, AQSH savdo balansining ijobiy saldosi kamaya boshladi va ushbu holat xalqaro savdoda AQSHning maqeining pasayib borayotganligidan dalolat berar edi.
XX asming 80-yillaridan boshlab, AQSH savdo balansi salbiy saldoga ega bo‘la boshladi va defitsit miqdorining o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Chunki, bu vaqtda Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Singapur kabi qator davlatlaming kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar AQSH tovarlarini jahon bozorlaridan siqib chiqara boshladi hamda ushbu tovarlaming AQSHga eksporti hajmi yuqori sur’atlarda o‘sa boshladi.
Yaponiya, Xitoy hukumatlarining milliy valyutaning kursini past darajada saqlab turishga qaratilgan siyosati ulaming AQSH bilan o‘zaro savdo munosabatlaridagi ustunligini ta’minlamoqda. Ayniqsa, Xitoy hukumati milliy valyuta - yuanning AQSH dollariga nisbatan kursini past darajada saqlab turish siyosatini olib borish orqali mamlakatdan eksport qilinayotgan tovarlaming yuqori darajadagi raqobatbardoshligini ta’minlamoqda. Bu esa, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlarining qattiq noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, ular Xitoy hukumatidan yuanni revalvatsiya qilishni talab etishmoqda. Ammo hozircha Xitoy bunga rozi bo‘lgani yo‘q.
AQSHning Xalqaro iqtisodiyot instituti mutaxassislarining hisob- kitoblariga ko‘ra, yuanning 20 foizga revalvatsiya qilinishi AQSHning
Xitoy bilan o‘zaro savdo munosabatlarida yuzaga kelgan defitsitni qariyb 50 foizga, ya’ni teng yarmiga kamaytirish imkonini beradi66.
2012-yilda Xitoy jahon savdosining yetakchisiga aylandi. Ya’ni, u tashqi savdo aylanmasining hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi (3,87 trln. doll.). AQSHning savdo aylanmasi esa, 2012-yil yakuni bo‘yicha 3,82 trln. dollami tashkil etdi67.
3.2-jadval

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin