1 – amaliy mashg‘ulot qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sanoatining asosiy texnologik jarayonlarini o‘rganish. Ishning maqsadi



Yüklə 15,37 Kb.
tarix18.11.2023
ölçüsü15,37 Kb.
#132947
amaliy №1


1 – AMALIY MASHG‘ULOT
QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATINING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLARINI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sanoatining asosiy texnologik jarayonlarini o‘rganish ushbu ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor.
Nazariy ma’lumotlar: Texnologik jarayonlarning asosiy guruhlari. Zamonaviy qayta ishlash korxonalari murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi turli xil uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. Ushbu bobda qayta ishlash sanoatining uskunalari va jihozlari hamda ushbu jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni hisoblash usullari ko‘rib chiqiladi. Texnologik jarayonlarni ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
1. Asosiy – ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida uchraydigan
2. Spetsefik – aynan shu ishlab chiqarish korxonasi uchun xos.
Jarayonlarni o‘tishini tavsiflovchi asosiy qonuniyatlariga bog‘liq holda bu jarayonlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:

  • mexanik va gidromexanik;

  • issiqlik

  • fizik-kimyoviy

Mexanik va gidromexanik jarayonlar
Ularga quyidagilar kiradi:

  • maydalash;

  • saralash

  • presslash

  • almashinish

  • aralashtirish

  • cho‘ktirish

  • filtratsiya

  • sentrifugalash.

Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarga mexanik kuchlar, gidrostatik va gidrodinamik bosim yoki markazdan qochma kuchlar kiradi.
Issiqlik jarayonlari
Unga quyidagilar kiradi:

  • isitish

  • sovitish

  • bug‘latish

  • kondensatsiya

  • sun’iy sovuqni hosil qilish

Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarga issiqlik almashinuvchi muhitlar haroratining farqi kiradi.
Fizik-kimyoviy jarayonlar
Unga qquyidagilar kiradi:

  • sorbsion jarayonlar

  • ekstragenlash

  • quritish

  • haydash

  • kristallizatsiya

Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga o‘zaro ta’sirlanuvchi fazalardagi moddalar orasidagi konsentratsiyalar farqi kiradi:
Xar bir jarayon davriy, uzluksiz yoki yarim uzluksiz kechishi mumkin. Uzluksiz jarayonlar davriy jarayonlardan ustun turadi: uskunaning unumdorligi yuqori bo‘ladi; yuqori sifatli bir jinsli mahsulot olish imkoniyati yuqori bo‘ladi; suv, issiqlik va elektr energiyasini sarflash bir tekisda kechadi.
Ish bo‘yicha hisobot: Topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.

Jarayon nomi

Jarayon qaysi guruhga kiradi

Foydalanish sohasi

Misol

Maydalash

Mehanik

Oziq-ovqat sanoatida

Meva-sabzavotlardan ba’zi konseva turlarini tayyorlash maydalash jaroyinidan qo‘llaniladi

Quritish










Filtratsiya










Yüklə 15,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin