1 – AMALIY MASHG‘ULOT QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATINING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sanoatining asosiy texnologik jarayonlarini o‘rganish ushbu ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kerakli asbob va jihozlar:Plakatlar, stendlar, videoproyektor.
Nazariy ma’lumotlar: Texnologik jarayonlarning asosiy guruhlari. Zamonaviy qayta ishlash korxonalari murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi turli xil uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. Ushbu bobda qayta ishlash sanoatining uskunalari va jihozlari hamda ushbu jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni hisoblash usullari ko‘rib chiqiladi. Texnologik jarayonlarni ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
1. Asosiy – ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida uchraydigan
2. Spetsefik – aynan shu ishlab chiqarish korxonasi uchun xos.
Jarayonlarni o‘tishini tavsiflovchi asosiy qonuniyatlariga bog‘liq holda bu jarayonlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarga mexanik kuchlar, gidrostatik va gidrodinamik bosim yoki markazdan qochma kuchlar kiradi.
Issiqlik jarayonlari Unga quyidagilar kiradi:
isitish
sovitish
bug‘latish
kondensatsiya
sun’iy sovuqni hosil qilish
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarga issiqlik almashinuvchi muhitlar haroratining farqi kiradi.
Fizik-kimyoviy jarayonlar Unga qquyidagilar kiradi:
sorbsion jarayonlar
ekstragenlash
quritish
haydash
kristallizatsiya
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga o‘zaro ta’sirlanuvchi fazalardagi moddalar orasidagi konsentratsiyalar farqi kiradi:
Xar bir jarayon davriy, uzluksiz yoki yarim uzluksiz kechishi mumkin. Uzluksiz jarayonlar davriy jarayonlardan ustun turadi: uskunaning unumdorligi yuqori bo‘ladi; yuqori sifatli bir jinsli mahsulot olish imkoniyati yuqori bo‘ladi; suv, issiqlik va elektr energiyasini sarflash bir tekisda kechadi.
Ish bo‘yicha hisobot: Topshiriq.Jadvalni to‘ldiring.