Cho'lponning qaysi she'rida «Nega sening qalin tovshing (yo'g'on, qat'iy tovushing) «ket» demaydi ularga?» misrasi uchraydi?
A) «Xalq»
B) «Go‘zal»
C) «Binafsha»
D) «Buzilgan o‘lkaga»
«Buzilgan o‘lkaga» she'rida nega so‘zi nechta marta takror holda kelgan?
6 marta
7 marta
9 marta
10 marta
«Tabiatning o'tini yo‘q o'tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar» misralarida qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) tashbih
B) husni ta'lil
C) mubolag'a
D) tazod
Cho'lponning qaysi she'rida «nega», «nima uchun» kabi so'roqni ifodalovchi so'zlar qayta-qayta qollaniladi?
A) «Buzilgan o‘lkaga»
B) «Xalq»
C) «Go‘zal»
D) «Binafsha»
KO'CHIM HAQIDA To‘g‘ri hukm berilmagan javobni toping?
A) Ma'no ko‘chirishda narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o'xshashligi, aloqadorlik bolishi shart.
B) Ko'chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o'xshatishda o'xshagan buyum ham, o‘xshatilgan narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba'zan o'xshagan narsa, ba'zan o'xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma'no birinchisiga ko'chirilgan boladi.
C) Ko'chim so‘zni ko'chma ma'noda qo'llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o'xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko‘chirish san'atidir.
D) 0‘xshatishda o‘xshagan buyum yoki o‘xshatilgan narsa ifodalanishi yoki ifodalanmasligi ham mumkin.
15416-§. CHO‘LPON
Adabiyotshunoslik ilmida ko'chimning qanday turlari bor?
1)majoz; 2) istiora; 3) intermediya; 4) ramz.
A) 1, 3
B) 2, 3
C) 1, 3, 4
D) 1, 2, 4
Adabiy asarda o'quvchiga noaniqroq bo'lgan tushunchani ko‘pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash ko'chimning qaysi turiga xos?
A) melodrama
B) majoz
C) ramz
D) istiora
Insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvonlarga ko'chirilishi ko‘chimning qaysi turini hosil qiladi?
A) majoz
B) ramz
C) istiora
D) peyzaj
«Tuya bilan bo‘taloq» asarining muallifini toping.
A) Zavqiy
B) Gulxaniy
C) Ajziy
D) Ezop
0‘quvchi anglashi murakkabroq bo'lgan mavhum axloqiy- ma'naviy sifatning shu sifatlarga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishi ko'chimning qaysi turiga xos?
A) ramz
B) majoz
C) peyzaj
D) istiora
Ramz adabiyotshunoslik ilmida yana qanday atama(iar) bilan ham yuritiladi?
1)timsol; 2) portret; 3) simvoL
A) faqat 1
B) 1,2
C) 1, 3
D)2, 3