1
1- boshlovchi Boshing egib tazim ayla shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt
Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun
2- boshlovchi.Shu soylarga suvlarga urgil yuzingni sen
Bir bor nazar solgin bosgan yuzingga sen
Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen
Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun
Boshlovchi.Assalomu alaykum bizlarni ilm-sarchashmalaridan baxramand qilayotgan aziz ustozlar.
2-boshlovchi.Assalomu alaykum ilmga chanqoq;qalbi qaynoq;tinib tinchimas aziz o’quvchilar.
1-boshlovchi.Allohning inom etgan ajoyib go’zal kunida siz bilan diydor ko’rishganimizdan g’o’yat mamnunmiz.Xush kelibsiz ‘’Xotira aziz- qadr
muqaddas’’ mavzusidagi kechamizga.
2-boshlovchi .O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ustozlarni ulug’lab shunday deydi.
Shoirga dedilar sen baxtli inson
Xalqingiz ardoqlar,hamma taniydi
Shoir javob qildi menda bor armon
Muallim desalar meni qaniydi
1-boshlovchi.Endigi navbatni
Manaviy marifiy ishlar boyicha direk o’rinbosari Hurmatli ustoz Mamayusupovga beramiz.
2-boshlovchi.Ustoz aytgan yaxshi tilaklaringiz o’zingizga ham hamroh bo’lsin,ishlaringizgaomat tilaymiz.
1-boshlovchi. Osmoni tinch O’zbekistonning
Bog’larida qushlar sayraydi
Gul chechakka burkangan yurtim
Jamolidan dillar yayraydi
2-boshlovchi.Doim omon bo’lgin Vatanim
Jannatmisol ko’rkam chamanim
Tinchlik so’zi niyyatlarga esh
Momolarim duosi boshi
Bo’lsin to’kis baxtli deb bilar
Shu zaminning keksayu yoshi
Gimn.sher
1-boshlovchi.Xotira insonni kelajakka ochiq ko’z bilan qarashga o’rgatadi.
2-boshlovchi.Qadrlash esa xonadonimizga fayzu baraka tilab ,qilayotgan ezgu ishlarimizga fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo’yish.
1-boshlovchi.O’zbekiston Respublikasi prezidendi Islom Abdug’aniyevich Karimovning farmoyishiga binoan,vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib bugun ham ,el yurtimiz farovonligini yuksaltirishga yoshlarni tarbiyalashga hiss qo’shayotgan faxriylarni hurmatini joyiga qo’yish maqsadida ‘’9-may xotira va qadrlash kuni keng nishollanmoqda.
2-boshlovchi.Takidlash joizki ‘’1999-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga asosan 9-may Xotira va qadrlash kuni umum xalq bayrami sifatida nishollanmoqda.
Sher’lar 6-B
1-boshlovchi. Tinchlik muborak so’z ,muqaddas kalom , Keksalarimiz ezgu niyyatlarida ushbu so’zni takror va takror eshitamiz.
2-boshlovchi.Ne baxtki muqaddas zaminimiz mustaqil o’zbekistonimizda osoyishta hayot hukmron .Osuda turmush biz baxtiyor avlodlarga nasib etgan.
1-boshlovchi.Endigi navbatni 5 -sinf o’quvchilari ijrosidagi raqsga beramiz.
1-boshlovchi.Farzandini umid-la kutgan
Momolarim ruhi shod bo’lsin
Ular qurgan tinch hayot kulsin
2-boshlovchi.Farzandini umid-la kutgan
Momolarim ruhi shod bo’lsin
Ular qurgan tinch hayot kulsin
Yurtim bog’larida chechaklar unsin
2-boshlovchi.Endigi navbat 6 b sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna korinishini birgalikda tomosha qilamiz.Raxbarniso orqasidan chiqadi.
1-boshlovchi.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach,azaliy qadriyatlarimiz tantana qilib ,yurtimizda ko’plab bayramlar nishonlana boshladi.
2-boshlovchi.6-sinf qizlari ijrosidagi raqs
1-boshlovchi.Vatanni aslida vatan qilganlar
Erk uchun jonlaringulxan qilganlar
Yovning yaxshisi yo’q degan ham ular
Jog’ning yaxshisi yo’q degan ham ular
2-boshlovchi.Millatining ko’ksida bo’y cho’zgan chinor
Har dilda ko’klamdek ko’karib kelar
Vatanni aslida vatan qilganlar
Maqtov malham bo’lmas bil qurbonlarga
Oyatta orom bor shahid jonlarga
Qo’llaring duoga katta och elim
Shukrona joizdir erkli onlarga
Vatanni aslida vatan qilganlar
Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar.
1-boshlovchi. Shu talim dargohida ko’p yillar mehnat qilgan fahriy ustozlar Ustoz Shokirov Adham aka,ustoz Mirboboyev nemis tili o’qituvchisi.
Tursunov domla.Ustoz Ermatov
Ustoz Mirzamatov, Ustoz Haydarov
Ustoz Otabekov Ustoz Haydarov.
Shu yerda ko’p yillar rahbarlik qilgan Tojiboyev va yaqindagina bu yorug’ olamni tark etgan sevimli ustozimiz Xoliqova Etiborxon opalar ruhi oldida tazim etamiz va xotiralarig 1 daqiqa sukut saqlaymiz.
2-boshlovchi.Endigi navbatni sport o’yinlariga beramiz.
1-boshlovchi.Shuning bilan bugungi 9-may xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Dostları ilə paylaş: |