1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə10/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III. Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi manzaralarning aks ettirilishi kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi jihati ishga alohida ko'rk baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
9- dars. Oraliq nazorat darsi l-MSNI.
Mavzu: «Mening qishlog'im (shahrim)» mavzusidagi rasm taqdimoti
Darsning maqsad va vazifalari:
•o'quvchilarni birinchi chorak davomida olgan bilimlari hajmini tekshirish;
•ularning o'tilgan mavzular bo'yicha o'zlashtirgan malakalarini, badiiy ijodkorlik, tasviriy savodxonliklarini aniqlash;
•o'quvchilarni birinchi chorak davomida tasviriy san'at fanidan faoliyatlarini baholash.
Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi:

1.test sinovlari yordamida baholash mezonlari :


-tasvirni qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtira olishi;
-tasviriy san'at asarlaring turlarini bilish darajasi;
-naqsh turlari haqidagi bilim darajasi;
-rang nomlarini o'zlashtirish darajasi.

2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. «Mening shahrim(qishlog'im)» rasmini bo'yab topshirish va rasm haqida qisqacha hikoya qilish asosida o'quvchilarning rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:


-rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi;
-rasm mazmunining uning mavzusiga mos^ligi;
-narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;
-qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari;
-rasmning toza va tartibli bo'lishi.

Dars tafsiloti:
1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 6 ta test topshi-rig'ini bajaradilar.

2.«Mening shahrim (qishlog'im)» rasmini akvarelda bo'yab topshira-dilar va u haqda hikoya qilib beradilar.


O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari va amaliy ish yuzasidan olgan baholari umumlashtirilib, yakuniy baho chiqariladi.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin