1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə13/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
O'quvchilar chizgan rasmlaridagi kuz tabiatining kayfiyati ranglar yordamida qanday tasvirlanganligiga, kompozitsiyaning asosiy belgilarining qay daraja mutanosibligiga e'tibor qaratiladi (daraxt, uy, butalar, suv, osmon, bulut va h.k.). Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

13-dars. Mavzu: Natyurmort ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
-rasm ishlash malakalarini rivojlantirish;
-o'quvchilarning tabiatga estetik munosabatlarini shakllantirish;
-tabiatga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash;
-tasviriy san'at (natyurmort) asarlarini o'qishga o'rgatish.


Tasviriy faoliyat turi: Naturaga qarab rasm ishlash.


Darsning jihozlanishi: Olma, ko'za va tarvuz.


Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Rassomlar ishlagan natyurmortlarni o'quvchilar tomonidan emotsional-estetik jihatdan idrok etilishi tashkil qilinadi. Shu maqsadda darslikda berilgan natyurmort tasviri tahlil etiladi. Shuningdek ular e'tiborini naturalarni qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishga ham qaratish lozim. Olma, tarvuz, ko'zaning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari va proporsiyalarini ham e'tiborga olish ta'kidlanadi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi avval darslikda berilgan olma, ko'za va tarvuz rasmlarini xomaki chizish bosqichlari bilan o'quvchilarni tanishtiradi. Ko'za tuzilishi jihatidan bir necha geometrik shakllarning birikmalariga o'xshaydi. Ko'zaning bo'yni silindrga, qorni sharga, pastki qismi konusga o'xshaydi. Ko'za rasmini chizish uchun avval o'rta o'q chiziq chizib, ko'za balandligi belgilanadi. So'ngra og'zi va tagining diametri aniqlanadi, qornining eng keng yeri ham aniqlanib chiziq o'tkaziladi va ular birlashtiriladi. Ikkinchi bosqichda ko'za shakliga xomaki ishlov beriladi. Keyingi bosqichda yakuniy ishlov beriladi va bosqichlar bo'yicha bo'yaladi. So'ngra olma va tarvuz natyurmortlarini chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda o'qituvchi tomonidan sinfda o'matilgan olma, tarvuz va ko'zalardan iborat natyurmortni ishlashga kirishadilar.


Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin