III. Darsga yakun yasash: Dars oxirida savollar yordamida bajarilgan ish mazmuni takrorlanadi. Har bir guruh bajargan ishlari barcha o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
15-dars. Mavzu: «Bo'ri va etti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarning badiiy ijodkorligini o'stirish;
-o'quvchilar badiiy fikr doirasini kengaytirish;
-badiiy-estetik didni o'stirish.
Tasviriy faoliyat turi:Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi aks ettirilgan rasmlar, echki bolalari, echki va bo'ri rasmlari, parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan illustratsiyalar, bo'ri va echki o'yinchoqlari.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Dars o'quvchlarni «Bo'ri va yeti uloqcha» haqidagi ertak mazmuni bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar e'tibori ertakdagi eng qiziqarli voqealarga qaratiladi. Ertaklar asosida ishlangan rasmlar «illustratsiya» deb nomlanishi aytib o'tiladi. O'quvchilarning illustratsiya haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida darslikda berilgan rasmlar tahlil qilinadi.
«Bo'ri va yetti uloqcha» haqida darslikda berilgan ertakdan parcha o'qish orqali illustratsiya ishlash tushuntiriladi. Bunda darslikda keltirilgan ertaklar uchun ishlangan illustratsiyalar, rassomlar ijodidan namunalar, fotosuratlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O'qituvchi rasm ishlash jarayonida o'quvchilar e'tiborini ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, rangiga "garatishi lozim. O'quvchilar ertakdagi qaysi holatni chizishni ma'qul ko'rishlari aniqlanadi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi tomonidan bo'ri va echki rasmini chizish bosqichlari tushuntiriladi, «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar ertak mavzusi bo'yicha rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilar ishlarini kuzatadi va ularga amaliy yordam beradi.