III.Darsga yakun yasash: Darslikdagi savollar yordamida o'tilgan materiallar takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
16-dars. Mavzu: «Yangi yil» mavzusida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarning badiiy ijodkorligini o'stirish;
-rasm ishlash malakalarini mustahkamlash; badiiy-estetik didini rivojlantirish;
-kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish.
Tasviriy faoliyat turi:Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: «Yangi yil bayrami» mavzusida parallel sinf o'quvchilari ishlagan rasmlar.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan mavzu yuzasidan darslikda berilgan va o'qituvchi tomonidan namoyish etiladigan fotolar, rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi. Kompozitsiya uchun rangli va yaltiroq qog'ozlar, barglar, daraxt shoxlari, paxta kabilar tasviridan foydalanish mumkinligi aytiladi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan archa, qorbobo, qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parchalari rasmini chizish bosqichlari tushuntiriladi. So'ngra «Yangi yil» mavzusida kompozitsiya ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
2.Amaliy mashg'ulot:
-o'quvchilar archa, Qorbobo, Qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parchalari rasmini chizishga kirishadilar;
-ish oxirida rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.
III.Darsga yakun yasash: O'quvchilarning ishlarida yangi yil bezaklari qog'ozda qanday tasvirlanganligiga, bayram kayfiyati ranglar orqali qay darajada aks ettirilganligiga e'tibor qaratiladi. Yangi yil bayrami haqida o'quvchilar ishlari tahlil qilinadi. Sinf o'quvchilarining ishlari yuzasidan hikoyalar tinglanadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.