1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari


-dars. Mavzu: «Qish ziynati» mavzusida rasm ishlash



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə18/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

18-dars. Mavzu: «Qish ziynati» mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • o'quvchilarning badiiy ijodkorligini o'stirish;

  • qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash;

  • badiiy-estetik didini takomillashtirish;

  • kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish;

  • tabiatga nisbatan emotsional-estetik kayfiyatni uyg'otish;

  • san'at asarlarini o'qishga o'rgatish.



Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Qish manzarasi aks ettirilgan san'at asar-larining reproduksiyasi, «Sovuq ranglar» plakati


Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Qishning ajoyib fasl ekanligi, uning o'ziga xos xususiyatlari, sovuq kunlari va quyoshning kuchsiz nurlarida yaltirab ko'rinuvcni qorlari haqida suhbat uyushtiriladi. Qish manzarasi mavzusida rassomlarning asarlari, darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat davom ettiriladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. O'qituvchi tomonidan javoblar umumlashtirib boriladi. Qish faslini tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishiga e'tibor qaratiladi.
Sovuq ranglar (ko'k, zangori, binafsha, moviy, to'q yashil) haqida ma'lumot beriladi. Ular muz, suv, osmon ranglarini eslatishi va ulardan ko'proq qish faslini tasvirlashda foydalanilishi tushuntiriladi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi tomonidan «Qish ziynati» mavzusidagi rasmni chizish va bo'yash bosqichlari tushuntiriladi. Ko'proq qaysi rangdan foydalanish kerakligi yuzasidan tavsiya beriladi. Sovuq ranglar haqidagi ma'lumotlar darslikda berilgan matn yordamida amalga oshiriladi. Ko'k rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: «Qish ziynati» deb nomlangan rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.

III.Darsga yakun yasash:
O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi qish manzarasini aks ettirish kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi belgisi qishga alohida ko'rk va osoyishtalik baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin