1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari


-20-darslar. Mavzu: «Qushlar in qurmoqda» mavzusida rasm ishlash



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə19/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

19-20-darslar. Mavzu: «Qushlar in qurmoqda» mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
-hayvonot olamiga muhabbatni tarbiyalash;
-tasviriy malakalarini rivojlantirish;
-badiiy-ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish;
-ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni o'stirish.
Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Tabiat va qushlar aks etgan san'at asarlari reproduksiyalari, rasmlar.

Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
O'quvchilar bilan bahor fasli, bahorgi ishlar, qushlarning uchib kelishi, ularning uya qurishlari haqida suhbat uyushtiriladi. Mavzuga doir rasm va rassomlarning asarlari reproduksiyalari tahlil etiladi.
Darslikda berilgan qush rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi. Qushlarning tuzilishini geometrik shakllarga taqqoslansa, tumshug'i konussimon, boshi sharga o'xshaydi. Gavdasi esa ovalga o'xshab ketadi. Ana shu shakllarga o'xshatib qushning boshi, bo'yni, tumshug'i, gavdasi va dumi chizib olinadi. Har bir qushning o'ziga xos tomonlari inobatga olinib, bu qismlar birlashtiriladi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan «Shoxga qo'ngan chum-chuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar darslikda ko'rsatilgan bosqichlar yordamida «Simga qo'ngan chumchuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini chizishga kirishadilar (1-darsda). «Qushlar in qurmoqda» mavzusida xayolan rasm ishlash 2- darsda amalga oshiriladi. O'qituvchi sinfda aylanib yurib, o'quvchilarga amaliy yordam ko'rsatadi.

III.Darsga yakun yasash:
Dars mazmuniga doir materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
21-dars. Mavzu: «Bizning hovli» mavzusida rasm ishlash



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin