1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə21/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.


23-dars Mavzu: «Sahrodagi karvon» mavzusida haykal ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning loy va plastilin yordamida haykal ishlash malakalarini mustahkamlash;
-o'quvchilarning badiiy-ijodiy tafakkurini rivojlantirish;
-qo'l va steklar bilan ishlash malakalarini o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.


Darsning jihozlanishi: «Sahrodagi karvon» aks ettirilgan rasm va haykaltaroshlik kompozitsiyalari. Kompozitsiyani joylashtirish uchun karton, ot, tuya kabi o'yinchoqlar. Mavzuga doir san'at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar.


Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
O'quvchilarning karvon haqidagi tushunchalarini kengaytirish maqsadida ular bilan «Sahrodagi karvon» mavzusida darslikdagi va o'qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan fotosurat, rasm, haykaltaroshlik namunalari asosida suhbat o'tkaziladi.
II.Asosiy qism:
1.Ot, eshak, it va tuya haykallarini yasash texnikasi bilan tanishtiriladi (ulardan birini yasab ko'rsatish ham mumkin). «Sahrodagi karvon» haykallar kompozitsiyasini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Buning uchun o'quvchilarni guruhlarga bo'lb, kompozitsiyaning unsurlarini alohida-alohida ishlash va ularni birlashtirish yuzasidan topshiriq beriladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar guruhlarga bo'linib, mustaqil ravishda avval kompozitsiya unsurlarini, so'ng kompozitsiya yasashga kirishadilar. Guruhlarda ot, tuya, odam, it, yuklar, xurjunlar, suv idishlari kabi kompozitsiya unsurlari yasaladi. So'ngra ular birlashtirilib, haykaltaroshlik kompozitsiyasi ishlanadi.

III.Darsga yakun yasash:
Dars jarayonida o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil* qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin