1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari


-dars. Mavzu: Lolani o'ziga qarab rasmini ishlash



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə22/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

24-dars. Mavzu: Lolani o'ziga qarab rasmini ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'simliklar mavzusida rasm ishlash orqali o'quvchilarni ularga nisbatan estetik munosabatini shakllantirish;
-narsalaming shakli, tuzilishi, fazoviy holati, rangini rasmda to'g'ri tasvirlashga o'rgatish;
-o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish;
-qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash.


Tasviriy faoliyat turi: Naturaga qarab rasm ishlash.


Darsning jihozlanishi: O'simliklar dunyosi aks ettirilgan rassom­larning ishlari, gullayotgan o'rik shoxi va lola.


Dars tafsilotlari:


I.Dars mavzusiga kirish:
Darslikda va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilinayotgan rasmlardagi Respublikamiz qir va adirlarida o'sadigan lolaqizg'aldoqlar, gullar haqida o'quvchilar bilan savol-javob tarzida suhbat uyushtiriladi. Ularni tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishi aniqlab olinadi.


II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi gullab turgan o'rik shoxi va lola rasmini ishlash bosqichlarini darslik asosida tushuntiradi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda lola rasmini ishlaydilar.


III.Darsga yakun yasash:
O'tilgan dars materiallari savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


25-dars. Mavzu: «Onamga sovg'a» mavzusida ikebana ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-ikebana haqida tushuncha berish;
-o'quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish;
-tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni ko'ra bilish va estetik idrok etishga o'rgatish;
-ularning kuzatuvchanligi, xotirasi va tasavvurini rivojlantirish;
-tasviriy va qurish-yasash malakalarini shakllantirish.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin