1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə30/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
33- dars Mavzu: «Laylak keldi - yoz bo'ldi» mavzusida rasm ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-yoz faslining o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish;
-o'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;
-o'quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o'stirish;
-badiiy-estetik didini o'stirish;
-rasm ishlash malakalarini shakllantirish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.


Darsning jihozlanishi: Yoz fasli manzaralari aks ettirilgan rassom­larning asarlari.


Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
Yoz fasli, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Darslikdagi va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan yoz manzaralari aks ettirilgan rasmlarni o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'quvchilar yoz mavzusiga bag'ishlangan rassomlar ijodi bilan tanishtiriladi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi tomonidan «Yoz fasli» rasmini ishlash bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Uni tasvirlashda iliq ranglardan foydalanish tavsiya qilinadi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda xayolan yoz fasli rasmini chizadilar.

III.Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilar baholanib darsga yakun yasaladi.

34- dars. Yakuniy nazorat darsi. 4-MSNI


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari hajmini tekshirish;
-o'quvchilar tomonidan egallangan malakalar, badiiy ijodkorlik darajasini aniqlash;
-o'quvchilarning yil davomida tasyiriy san'atdan faoliyatlarini baholash.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin