1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə7/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi o'quvchilarni akvarel bo'yoqlari va mo'yqalamlardan foydalanish yo'llari bilan tanishtiradi. Mo'yqalam bilan ishlayotganda uni qog'ozga qattiq bosib ishlatish mumkin emas. Mo'yqalam billan yangi bo'yoqni olishdan avval u tozalab yuviladi. Bo'yoqlami aralashtirib yangi rang tuslar hosil qilish mashq qildiriladi. Misol uchun, ko'k va sariq ranglarni aralashtirib, yashil rang hosil qilinadi. Ko'k (to'q ko'k, och ko'k, havorang) ranglar bilan sariq (rangning to'q va och va boshqa) rang tuslarini o'zaro aralashtirib, yashil rangning bir qancha tuslari hosil qilinadi. Bular palitrada aralashtiriladi, oq qog'oz parchasida tekshirib ko'riladi va undan rasmda foydalaniladi.
2.Dars davomida to'rtburchak chizish taklif qilinadi. Har bir o'quv-chidan bu shakllardan chiqib ketmasdan ularni turli ranglarga bo'yash talab qilinadi. Mashq sinfda bir necha marta qaytariladi.
3.Amaliy mashg'ulot: Portfel rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Avval portfelning bo'yini eniga bo'lgan nisbati aniqlanadi. Uning shakli, ranglari tahlil qilinadi. O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil ravishda naturadan portfel rasmini chizdirish uchun uni taglikka hammaga ko'rinadigan joyga o'matadi. O'quvchilar rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ishlarini kuzatib boradi. Portfel qalamda, so'ngra rangda ishlanadi. Rangtasvir ishlash bosqichlari tushuntirilgach, birinchi bosqichda och rangda, ikkinchi bosqichda to'qroq, oxirida haqiqiy rangi hosil qilinadi. Bo'yalayotgan yuzaning katta yoki kichikligiga qarab qalin, o'rtacha va ingichka mo'yqalamlardan foydalaniladi. Bo'yash oldin katta yuzadan boshlanib, so'ng kichiklariga o'tiladi.


III.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikda berilgan savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
7-dars. Mavzu: Haykaltaroshlik

Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin