1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə12/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. O'quvchilardan kimlarning ishida naqshlar mazmunli va ifodali bo'lsa, ular qaysi jihozlarda foydalanilishi mumkinligi so'raladi. Mazkur ishlarda qanday naqsh belgilaridan foydalanganliklariga e'tibor qaratiladi, ularning nomlari so'raladi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. Ulgurmagan o'quvchilarga ishlarini uyda yakunlab kelishlari topshiriladi.
12-dars. Mavzu: «Oltin kuz» mavzusida rasm ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning tasviriy malakalarini rivojlantirish;
-badiiy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish;
-badiiy-estetik didini o'stirish;
-kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish;
-tabiatga nisbatan estetik munosabatni shakllantirish.
Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish va rangtasvir kompo-zitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Kuz manzaralari aks ettirilgan rassomlarning asarlaridan namunalar, reproduksiyalar, «lliq va sovuq ranglar» plakati.

Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Dars kuz faslida tabiat qo'yniga uyushtirilgan sayohatdan so'ng o'tkaziladi. Yangi mavzuning bayoni kuz fasli o'zining jozibadorligi bilan ajralib turishi, daraxt barglari sariq, zarg'aldoq va qizil ranglarda tovlanishi haqidagi suhbat bilan boshlanadi. Tabiat manzaralari tasviriy san'at asarlarida juda ko'p tasvirlanishi, manzaralarning turlarga (tabiat, shahar, industrial) bo'linishi haqida gapiriladi. Suhbat davomida respublikamizda ijod qiladigan rassomlar ijodida manzara janri alohida o'rin tutganligi uqtirilib, bu janrda M.I.Kurzin, R.M.Timurov, O'.Tansiqboyev, R.Ahmedov, S.Mirsagatov, Sh.Abdurashidovlarning nomlari sanab o'tiladi. Shu bilan birga yosh bo'lsa-da, o'z o'rniga ega rassomlar G.Abdurahmonov, Akmal Nur, J.Usmonov kabi ko'plab rassomlar ijod qilayotganligi ta'kidlanadi.
Manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, O'zbekiston xalq rassomi O'rol Tansiqboyevning manzara janrida asarlar yaratganligi haqida alohida ma'lumot beriladi. Uning «Moviy manzara», «Tungi sug'orish», «Jonajon o'lka», «lssiqko'lda oqshom», «0'zbekistonda bahor», «Tog'da kuz» kabi asarlari asosida (tog', dala, bog' va daryolar tasvirlangan rasmlar orqali) suhbat (darslikdagi rasm va savollardan foydalangan holda) tashkil qilinadi. «Kuz» mavzusidagi boshqa rassomlarning asarlari asosida ham zaminning rang-barangligi haqida suhbat uyush-tirish mumkin.
Darslikdagi rasmda qaysi ranglar ko'proq ishlatilganligi va kuzning nima sababdan oltinga qiyoslanishi o'quvchilardan so'raladi va ularning javoblari to'ldiriladi. Iliq ranglar (sariq, zarg'aldoq, qizil, jigarrang) haqida ham eslatib o'tiladi.

II.Asosiy qism:
1. O'qituvchi o'quvchijarga yana bir bor rasm chizish va mo'yqalam bilan ishlash, bo'yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni ifodalay olish mumkinligini tushuntiradi. O'qituvchi tomonidan tog', dala, bog' va daryolarni chizish bosqichlari tushuntiriladi va sinf doskasida chizib ko'rsatiladi.
2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar «Oltin kuz» mavzusida xayolan manzarali rasm ishlaydilar.


Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin