Mavzu: «Yangi yil bayrami» mavzusidagi dekorativ kompozitsiya taqdimoti. Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarning ikkinchi chprak davomida olgan bilimlari hajmini tekshirish;
-o'quvchilar tomonidan egallangan malakalarni, badiiy ijodkorlik darajasini aniqlash;
-o'quvchilarning ikkinchi chorak davomida tasviriy san'atdan faoli-yatlarini baholash.
Dars tafsiloti: Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi:
1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:
-naqsh turlari haqidagi bilim darajasi;
-kuzatuvchanlik darajasi;
-haykaltaroshlik turlari yuzasidan bilim darajasi;
-tasviriy san'at turlari yuzasidan bilim darajasi.
2.Tasviriy-ijodiy mustaqil ish. O'quvchilar «Yangi yil bayrami» mavzusidagi rasmni bo'yab topshirish va rasm haqida qisqacha hikoya yozadilar. O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
-rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi;
-rasm mazmunining uning mavzusiga mosligi;
-narsalaming o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;
-qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari;
-rasmning toza va tartibli bo'lishi.
1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 4 ta test topshirig'ini bajaradilar.
2.O'tgan darsda ishlangan «Yangi yil» rasmining taqdimoti.
3.O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari va amaliy ish yuzasidan olgan baholari umumlashtirilib, yakuniy baho chiqariladi.