24-dars. Mavzu: Lolani o'ziga qarab rasmini ishlash
Darsning maqsad va vazifalari: -o'simliklar mavzusida rasm ishlash orqali o'quvchilarni ularga nisbatan estetik munosabatini shakllantirish;
-narsalaming shakli, tuzilishi, fazoviy holati, rangini rasmda to'g'ri tasvirlashga o'rgatish;
-o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish;
-qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash.
Tasviriy faoliyat turi:Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: O'simliklar dunyosi aks ettirilgan rassomlarning ishlari, gullayotgan o'rik shoxi va lola.
Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Darslikda va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilinayotgan rasmlardagi Respublikamiz qir va adirlarida o'sadigan lolaqizg'aldoqlar, gullar haqida o'quvchilar bilan savol-javob tarzida suhbat uyushtiriladi. Ularni tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishi aniqlab olinadi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi gullab turgan o'rik shoxi va lola rasmini ishlash bosqichlarini darslik asosida tushuntiradi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda lola rasmini ishlaydilar.
III.Darsga yakun yasash: O'tilgan dars materiallari savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
25-dars. Mavzu: «Onamga sovg'a» mavzusida ikebana ishlash
Darsning maqsad va vazifalari: -ikebana haqida tushuncha berish;
-o'quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish;
-tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni ko'ra bilish va estetik idrok etishga o'rgatish;
-ularning kuzatuvchanligi, xotirasi va tasavvurini rivojlantirish;
-tasviriy va qurish-yasash malakalarini shakllantirish.