III.Darsga yakun yasash:
O'tilgan dars materiallari savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
27- dars. Oraliq nazorat darsi.
3- MSNI. Mavzu: «Navro'z - bahor bayrami» rasmining taqdimoti
Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning uchinchi chorak davomida o'zlashtirgan bilimlari hajmini tekshirish;
-ularni o'tilgan mavzular bo'yicha o'zlashtirgan malakalari badiiy ijodkorligi darajasini aniqlash;
-o'quvchilarning uchinchi chorak davomida tasviriy san'atdan faoliyatlarini baholash.
Dars tafsilotlari:
Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi:
1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:
-tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi;
-kuzatuvchanlik darajasi;
-rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;
-haykal ishlash bosqichlarini o'zlashtirish darajasi.
2.Tasviriy-ijodiy mustaqil ish. O'quvchilar «Navro'z- bahor bayrami» mavzusidagi rasmni bo'yab topshiradilar va rasm haqida qisqacha hikoya yozadilar. O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
-rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi;
-rasm mazmunining uning mavzusiga mosligi;
-narsalaming o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;
-qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari;
-rasmning toza va tartibli bo'lishi.
Dars tafsiloti:
1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 5 ta test topshirig'ini bajaradilar.
2.«Navro'z- bahor bayrami« mavzusida maishiy janrda ishlangan rangtasvir kompozitsiyasini topshiradilar va u haqida hikoya qilib beradilar.
O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |