1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə27/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

30-dars. Mavzu: Kvadrat naqsh bilan ishlash.


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning kvadrat shaklidagi naqshlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish;
-naqshlarda ko'p uchraydigan gul bezaklar haqida ma'lumot berish;
-o'quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini yanada o'stirish;
-o'quvchilarni naqsh bezak gullarini joylashtirish, naqsh kompo-zitsiyasiga doir sxemalar bilan tanishtirish;
-o'quvchilarning chizish malakalari va qog'oz yuzasini bo'yoqlar bilan tekis bo'yash malakalarini rivojlantirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.


Darsning jihozlanishi: Naqsh namunalari, qo'lda tikilgan so'zana, gilam va ularning rasmlari, fotolari, slaydlar.
Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
O'quvchilar bilan naqshlar haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida shu mavzuda savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. Ular naqshlarda ko'p uchraydigan gul bezaklari va gulli naqshlar bilan tanishtiriladi. Darslikda berilgan so'zana rasmi va doskaga osilgan so'zana misolida qaysi gul tasvirlaridan foydalanilganligi, ular so'zanada qanday joylashtirilganligi haqida ma'lumot beriladi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi darslikda berilgan naqshda bezak gullarini joylashtirish-ni bosqichlar asosida tushuntiradi. Naqshlarni bo'yash yo'llari o'rgatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar naqshSagi bezak gullarini joy­lashtirish sxemasini chizadilar. Avval darslikda berilgan Shahrisabz «iroqi» kashtasi va do'ppisida ishlatilgan naqsh gul bezaklarini chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. O'quvchilar gul bezaklaridan birini yoki bir nechtasini tanlab naqsh ishlashga kirishadilar.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin